Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi
Ukrainalik harbiylar Pokrovsk shahri janubi-g‘arbiy chekkalarida rossiyalik diversant-razvedkachilar bilan janglar olib bormoqda. BBC’ning Ukraina qurolli kuchlaridagi manbalari aytishicha, amalda front chizig‘i shaharga shu qadar yaqinlashganki, endi unga nafaqat diversantlar, balki Rossiya armiyasi shturmchi bo‘linmalari ham kirishi mumkin.

Foto: Getty Images
Pokrovsk hududida rossiyalik piyodalar guruhlari bilan kechayotgan janglar haqida dastlab 21 iyul kuni DeepState OSINT-proyekti xabar bergandi.
«Dushman bir necha kun oldin brigadalardan birida piyodalar kamayib ketganidan, shuningdek, joylardagi vaziyat ishonchsizligidan foydalanib, Zverevo orqali shahar ichkarisiga kirib keldi. Vaziyat halokatli tus olmasligi uchun zudlik bilan 155-alohida mexanizatsiyalashgan brigada va 68-alohida yeger brigadasi yigitlari vaziyatni o‘nglashiga to‘g‘ri keldi», – deyiladi DeepState xabarida.
Loyiha mualliflari diversantlarni qidirish va yakson etish ishlari davom ettirilayotganini qo‘shimcha qilgan. Pokrovsk janubi-g‘arbiy chekkasidagi Himoyachilar ko‘chasi ustidan nazorat uchun ham janglar ketmoqda. DeepState ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik diversantlar u yerda mustahkam o‘rnashib olishga hamda ukrain harbiylari mashinalariga pistirma qo‘yishga harakat qilmoqda.
BBC manbasi DeepState ma’lumotini tasdiqlagan: uning ma’lumotiga ko‘ra, brigadalardan biri avvaliga diversantlarni o‘z kuchi bilan to‘xtatishga uringan, ammo shaxsiy tarkibdagi yetishmovchilik tufayli buni uddalay olmagan.
Pokrovsk mudofaasi uchun mas’ul bo‘lgan «Donetsk» guruhi 20 iyul kuniyoq aksildiversiya choralari (shaharga yaqinlashib kelgan rossiyalik diversantlarni aniqlash va bartaraf etish) amalga oshirilayotgani haqida bayonot bergandi.

GENYA SAVILOV/AFP via Getty Images
BBC Ukraina xizmati «Xortitsa» operativ-strategik guruhiga qo‘shimcha izoh so‘rab murojaat qildi. U yerdagilar hozirda vaziyat operativ xavfsizlik nuqtayi nazaridan sharhlanmasligini ma’lum qilishgan.
BBC’ning Pokrovskni himoya qilayotgan harbiylar orasidagi o‘z manbasi rossiyalik diversantlar oldin ham shaharning janubiy va janubi-g‘arbiy chekkalariga «kirish»ni amalga oshirib kelganini aytib bergan. Ukrain harbiylari ularni muvaffaqiyat bilan yo‘q qilgan. Ammo bu safar vaziyat biroz boshqacharoq.
Pokrovsk mudofaasi borgan sari qiyinlashmoqda, chunki Rossiyaning asosiy kuchlari oldinga siljishga muvaffaq bo‘lmoqda.
«Ilgari, jangovar to‘qnashuv chizig‘i hali shaharga yetib kelmaganida, bu haqiqatan ham diversiya-razvedka guruhlari edi. Hozir esa chiziq deyarli janubi-g‘arbiy chekkada joylashgan. Ba’zilar shahar chekkasidagi rossiyaliklarning to‘laqonli shturm guruhlarini diversiya-razvedka guruhlari bilan adashtirmoqda», – deydi manba.
Joriy yilning may oyidan beri Ukraina harbiylari Pokrovsk janubidagi «Shaxtyorskiy» mikrorayonida, shuningdek, shahar yaqinidagi Leontovichi va Zverevo aholi punktlarida Rossiya diversiya-razvedka guruhlarini payqagan.
DeepState ma’lumotiga ko‘ra, bu safar ham rossiyaliklar Pokrovskka Zverevo posyolkasi orqali kirib kelgan.

Ukraina kuchlarining Pokrovsk rayonidagi logistikasi hozirda Rossiya dronlarining doimiy zarbalari ostida qolgan Pavlograd-Pokrovsk yo‘liga bog‘liq.
«Yo‘l orqali harakatlanish mumkin, lekin faqat o‘z omadingizni sinab ko‘rgan holda. Kursk yo‘nalishidagi tajribamga ko‘ra, logistika tugashi bilanoq mudofaaga nuqta qo‘yiladi. U yerda ruslar bizga Sudjaga boradigan yo‘lni dronlar bilan to‘sib qo‘yishgand va butun mudofaamiz to‘kilib ketgandi», – dedi Kursk oblastida jang qilgan harbiy BBC bilan suhbatda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, rossiyaliklarning Pokrovskka hujumlari shahar uchun jang boshlanganidan beri to‘xtagani yo‘q, Pokrovsk va qo‘shni Mirnograd allaqachon deyarli yarim qurshov holatida qolgan.
«Rossiyaliklar Pokrovsk-Konstantinovka trassasini kesib qo‘yishga muvaffaq bo‘lganidan so‘ng, ular doimiy ravishda oldinga siljimoqda. Hozir shimol tomondan Mirnogradni aylanib o‘tishdi, keyin Pokrovskni aylanib o‘tishga urinishmoqda. Shahar atrofidagi konfiguratsiya shuni ko‘rsatadiki, yaqin oylarda u Baxmut va Avdiyivka taqdirini takrorlashi mumkin», – deydi harbiy.

Kostiantyn Liberov/Libkos/Getty Images
Ammo hozir Ukraina mudofaa kuchlari Pokrovskda qolmoqda va shaharni nazorat qilmoqda.
U yerda hanuz mingdan ortiq tinch aholi istiqomat qiladi, ularni «Oq farishta» otryadi politsiyachilari evakuatsiya qilishga urinmoqda. Lekin bu urinishlar qancha uzoq davom etsa, shuncha xavfli bo‘ladi.
Urushdan oldin shaharda 60 mingdan ortiq aholi yashagan.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

00:05
AQSh Ukraina bilan “yelkama-yelka” turishga tayyorligini bildirdi

21:37 / 03.08.2025
Ukraina Havo kuchlariga yangi qo‘mondon tayinlandi

19:26 / 03.08.2025
Zelenskiy Rossiya bilan 1200 kishini o‘zaro almashish rejalashtirilayotganini aytdi

17:47 / 03.08.2025