Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Kirish imtihonlaridan yetarlicha ball to‘play olmagan va qo‘shimcha kontrakt evaziga o‘qishga qabul qilinuvchi nomzodlar to‘lovni yil davomida ikkiga yoki oylar kesimida bo‘lib-bo‘lib amalga oshirishlari mumkin. Bunda super-kontrakt shakli faqat birinchi yil uchun amal qiladi, keyingi yillardan boshlab bazaviy kontrakt to‘loviga qaytiladi.

Foto: Kun.uz
Davlat OTMlariga kirish imtihonidan yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga qabul qilinishlari mumkin. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi 360-sonli qarorida belgilab berilgan.
Ya’ni unga ko‘ra, kirish imtihonlaridagi natijalaridan kelib chiqib abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi beriladi.
Bunda natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy ichida OTM rektori nomiga ariza berish talab etiladi. Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun to‘liq bajarilgandan so‘ng abituriyent oliygoh rektori buyrug‘i bilan o‘qishga qabul qilinadi. Qo‘shimcha to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
- to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
- 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
- 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
- 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Qo‘shimcha kontrakt faqat bir marotaba, talaba o‘qishga qabul qilinganining birinchi yili to‘lanadi va keyingi bosqichlarda bazaviy kontrakt to‘loviga qaytiladi.
O‘tgan yili super-kontraktni yil davomida ikkiga bo‘lib yoki hatto oylarga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

13:14 / 23.07.2025
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi

14:33 / 21.07.2025
Test natijasi qachon chiqadi? Uni qanday, qayerdan bilish mumkin?

10:46 / 18.07.2025
18 nafar talabani imtihondan o‘tkazib berishini va’da qilgan universitet o‘qituvchisi ushlandi

23:48 / 15.07.2025