BAA O‘zbekistonning ikki hududida ayollar va bolalar klinikalarini quradi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boshchiligidagi O‘zbekiston ishchi guruhi BAA sanoat va ilg‘or texnologiyalar vaziri – «Masdar» kompaniyasi boshqaruvi raisi Sulton Ahmad al-Jobir va ushbu mamlakatning bir qator yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Kun.uz
Kun tartibidan investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida yangi yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari o‘rin oldi.
Shu tariqa, Sulton Ahmad al-Jobir bilan kimyo sanoati, metallurgiya va geologiya-qidiruv sohalarida joriy loyihalarni amalga oshirishning borishi va yangi sarmoyaviy tashabbuslarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.
«Xalifa bin Zoid al-Nahayan» jamg‘armasi bosh direktori Muhammad Hoji al-Xuriy bilan uchrashuvda Nukus shahrida ayollar va bolalar klinikasini qurish loyihasi amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Qarshi va Toshkent shaharlarida ham shunday shifoxonalar qurish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar eshitish qobiliyatini tekshirishning universal tizimini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
International holding company bosh ijrochi direktori Sayyed Basar Shuyeb bilan O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash, energetika va boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar mamlakat investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha aniq shartnomalar tuzish maqsadida kompaniya rahbariyati va ekspertlarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib oldilar.
ADSSC bosh direktori Ahmad al-Shamsi bilan uchrashuvda asosiy e’tibor Toshkent shahridagi oqova suv tizimini DXSh tamoyillari asosida takomillashtirish loyihasini amalga oshirishga qaratildi. Loyiha doirasida zamonaviy muhandislik inshootlarini qurish nazarda tutilgan. Tegishli investitsiya taklifi loyihasi joriy yilning bahorida imzolanishi rejalashtirilgan.
RAK Ceramics kompaniyasi ijrochi direktori Abdallax Massad bilan uchrashuvda O‘zbekistonning qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishidagi sanoat salohiyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar, xususan, kafel va kulolchilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ustida ish boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston | 16:32
-
Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi
O‘zbekiston | 16:18
-
Vosiq xalqaro maktabining - Yunusobod filiali ham IB PYP sertifikatiga ega bo‘ldi!
O‘zbekiston | 15:30
-
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 15:29
Mavzuga oid

22:12 / 25.06.2025
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

21:38 / 16.06.2025
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi

00:25 / 14.06.2025
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi

23:05 / 13.06.2025