O‘zbekiston | 16:18 / 30.06.2025
959
2 daqiqa o‘qiladi

Qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmi 7 tonnaga yetkaziladi

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasi qo‘llab-quvvatlanadi.

Foto: Getty images

«Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- qimmatbaho metallarni qayta ishlashning yillik hajmini 7 tonnaga, zargarlik buyumlarini eksport qilish ko‘rsatkichlarini 300 mln AQSh dollariga yetkazish;

- qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarining norasmiy aylanmasini kamida 50 foizga qisqartirish.

Qarorga ko‘ra, zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladi, jumladan:

- qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda 90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga foiz hisoblanmaydi, 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida hisoblanadi;

- zargarlik markazlarida «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi va Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasining filiallari faoliyati (sayyor xizmat ko‘rsatish) yo‘lga qo‘yiladi;

- zargarlik markazlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasiga a’zo bo‘lganda a’zolik badalini 50 foizlik chegirma bilan to‘laydi.

Mavzuga oid