Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi
Aprel oyida yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘zbekistonliklardan iborat ikki guruh o‘rtasida pichoqbozlik kelib chiqqandi.

Foto: Khaleej Times
Dubaydagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan pichoqbozlik oqibatida O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.
Qayd qilinishicha, hodisa aprel oyida yuz bergan. Jabrlanuvchilar avtomobil shinasini shishirish uchun shoxobchaga borganida janjal yuz bergan. Bunga eski kelishmovchilik sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Tergovga ko‘ra, ikki guruh alohida avtomobilda shoxobchaga borgan. Jabrlanuvchilardan biri avtomobilidan tushib, shinalarni tekshirayotgan vaqtida bir guruh erkaklar hujumiga uchragan. Shunda ikkinchi jabrlanuvchi qochishga uringan, biroq ko‘p o‘tmay boshqa bir guruh tomonidan ushlangan. Pichoqbozlik ikki nafar o‘zbekistonlikning o‘limi bilan yakunlangan.
Yaqin atrofda xizmat olib borayotgan politsiya xodimi voqea yuzasidan zudlik bilan tegishli idoralarga xabar bergan.
Hodisa joyiga yetib kelgan Dubay politsiyasi videokameralar orqali hamda guvohlarning ko‘rsatmalari asosida hodisa tafsilotlarini va unda ishtirok etgan shaxslarni aniqlab olgan.
Tezkor tergovdan so‘ng, politsiya 11 nafar ishtirokchini, shu jumladan asosiy gumonlanuvchilarni qo‘lga olgan. Ularning ismi-sharifi xabarda keltirilmagan. Hibsga olinganlar so‘roq paytida mojaroga aloqador ekanini tan olgani ta’kidlanmoqda.
Rasmiylar bergan izohga ko‘ra, pichoqbozlik shaxsiy ziddiyatdan kelib chiqqan, unda bir-birini yaxshi taniydigan odamlar ishtirok etgan. Mazkur holat bo‘yicha ish qonuniy chora ko‘rilishi uchun prokuraturaga topshirilgan.
Aprel oyida ushbu janjal videosi tarqalgan, o‘shanda faqat bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Buning ortidan O‘zbekiston TIV rasmiysi Ahror Burhonov O‘zbekiston fuqarolari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani ikki davlat o‘rtasidagi vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

20:31 / 16.07.2025
O‘zbekiston eng xavfsiz davlatlar reytingida 25-o‘rinni egalladi

15:18 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

01:29 / 12.07.2025
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi

14:03 / 09.07.2025