Vens: Rossiya muzokaralarda juda ko‘p narsa so‘ramoqda
AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Ukrainaning hozirgacha egallab olinmagan hududlari Rossiyaga berilmasligini aytdi.

AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens Rossiyaning Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha muzokaralar chog‘ida qo‘ygan talablarini «juda katta» talablar deb atadi.
«Biz Rossiya juda ko‘p narsa so‘rashini bilardik, chunki Rossiyaning urush haqidagi tasavvuri ularning qo‘li baland kelayotganiga asoslangan. <…> Ammo Rossiya hali hatto bosib ololmagan hududlarini unga berishlariga umid qilmasligi kerak. Bu esa ularning dastlabki tinchlik rejasiga kiritilgan bandlardan biridir», – degan Vens 8 may kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
AQSh vitse-prezidenti Vashingtondagilar Rossiya o‘zining birinchi taklifida «mumkin bo‘lganidan ko‘p narsa» so‘rashini taxmin qilgani, chunki «muzokaralar ko‘pincha shunday o‘tishi»ni aytib o‘tgan.
Vens Rossiya va Ukraina muzokaralarda qatnashib, «aniq tinchlik rejalari»ni taklif qilayotganini o‘sish deb atadi. Shu bilan birga, u agar AQSh «ruslar muzokaralarda chin dildan qatnashmayapti» deb topsa, muzokaralardan chiqishini yana bir bor ta’kidladi.
«Agar shunday bo‘lsa, ha, biz ketamiz. Prezident bu ishdan chiqib ketayotganimizni aytadi. Bu esa, menimcha, Rossiya ham, Ukraina ham AQShning maslahati va vositachiligisiz yolg‘iz qolishini anglatadi», – degan u.
Jyey Di Vens Rossiya-Ukraina urushini hal qilishda «ba’zi diplomatik yutuqlar bor» deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan. «Biz barqaror tinchlikka erishish uchun bu tomonlarni yana biroz yaqinlashtirishga harakat qilishimiz kerak. Biz hali bunga erishganimiz yo‘q. Biz endi taraqqiyotga erisha olmaymiz, degan qarorga kelmagunimizcha, bu borada ishlashda davom etamiz», – dedi Vens.
AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vens 1 may kuni AQSh keyingi 100 kun ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga harakat qilishini aytdi. Vens 7 may kuni Myunxen xavfsizlik konferensiyasi tomonidan tashkil etilgan forumda so‘zlagan nutqida AQSh 30 kunlik sulh g‘oyasidan voz kechib, uzoq muddatli kelishuv masalalariga e’tibor qaratishga harakat qilayotganini aytdi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025
Mavzuga oid

16:57 / 26.06.2025
KXDR Ukrainadagi urushga qo‘shimcha kuchlarni yuborishga tayyorlanmoqda – OAV

11:32 / 26.06.2025
Tramp: Putinning Ukrainadan tashqari ambitsiyalari bo‘lishi mumkin

09:45 / 26.06.2025
Zelenskiy: Rossiyalik barcha harbiy jinoyatchilar javobgarlikka tortiladi

08:37 / 26.06.2025