Jahon | 08:37 / 26.06.2025
1700
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 350 ta raketa yuboradi

Partiya narxi 70 million funt sterlingni tashkil etadi, pul ERA dasturi bo‘yicha daromadlardan olingan.

Foto: Global Look Press/Kay Nietfeld

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 350 ta ilg‘or ASRAAM qisqa masofali «havo-havo» raketalarini Ukrainaga quruqlikdan uchirish moslamalari uchun moslashtirilgan holda topshirishini e’lon qildi. Yetkazib berish Extraordinary Revenue Acceleration (ERA) dasturi doirasida Birlashgan Qirollikdagi muzlatilgan Rossiya aktivlaridan olingan foiz daromadidan 70 million funt sterling hisobidan moliyalashtiriladi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, uch oy ichida dastlab qiruvchi samolyotlardan uchirish uchun mo‘ljallangan raketalar harbiy yuk mashinalari asosidagi akkumulyatorlardan yerga uchirish uchun moslashtirilgan. Ular avvalroq Kiyevga yetkazilgan (sakkizta) Raven mobil tizimining bir qismi bo‘ladi va yana beshta raketa bilan to‘ldiriladi.

Bosh vazir Kir Starmer: «Ukraina Vladimir Putin boshlagan noqonuniy urush uchun pul to‘lamasligi kerak, Rossiya to‘lashi kerak. Muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘dan Ukrainaning havo mudofaasini mustahkamlash uchun foydalanish mutlaqo to‘g‘ri qadam», dedi.

Mudofaa vaziri Jon Xili tinchlikka erishish uchun Kiyev imkon qadar kuchli pozitsiyada bo‘lishi kerakligini ta’kidladi: «Rossiyaning Ukraina shaharlariga pala-partish raketa va dronlar bilan zarbalar berishi Putinning tinchlik kayfiyatida emasligini ko‘rsatadi. Shu bois muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan mablag‘ni Ukrainani bu xunrezlikdan himoya qilish uchun ishlatishga haqlimiz».

Mudofaa vazirligi bayonotida London allaqachon Ukrainaga har xil turdagi jami 5000 ta raketa yetkazib berish majburiyatini olgani eslatildi.

Mavzuga oid