Jahon | 22:51 / 26.06.2025
1988
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda

Amerika yadro triadasini to‘liq modernizatsiya qilish rejasiga ko‘ra, kelajakda uning asosini LGM-35 Sentinel, B-52J strategik bombardimonchilari va «Kolumbiya» sinfiga kiruvchi suvosti kemalari tashkil etadi.

Foto: Wikimedia

Vashington 2026 yilda yadro triadaning barcha tarkibiy qismlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qariyb 60 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Pentagonning yuqori martabali vakili jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

«Yadro sohasi modernizatsiya bosqichida. Shuning uchun 2026-moliyaviy yil budjeti yadroviy sohani qo‘llab-quvvatlash va triadamizning barcha yo‘nalishlarini modernizatsiya qilishga qariyb 60 milliard dollar talab qiladi», — deydi u.

2022 yil oktyabrda, Jo Bayden prezidentligi davrida AQSh o‘sha yilning martida qabul qilingan «Yadro siyosati sharhi»ni e’lon qilgandi. Hujjatda Amerika yadro arsenalining asosiy uchta vazifasi keltirilgan: tajovuzni tiyib turish; ittifoqchilar va sheriklar xavfsizligini kafolatlash; yadroviy tiyib turish ishlamasa, AQSh maqsadlariga erishishni ta’minlash.

Amerika yadro triadasini to‘liq modernizatsiya qilish rejasiga ko‘ra, kelajakda uning asosini LGM-35 Sentinel, B-52J strategik bombardimonchilari va «Kolumbiya» sinfiga kiruvchi suvosti kemalari tashkil etadi.

Sharhda Rossiya «eng kuchli va turli yadro kuchlariga ega raqib» deb atalgan. «Yadro siyosati sharhi»da, shuningdek, Vashington 2026 yilda Strategik hujum qurollari to‘g‘risidagi shartnoma o‘rniga keladigan bitim bo‘yicha Moskva bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligi ham keltirilgan.

Mavzuga oid