Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Uran zaxiralari Isfahondagi yerosti majmuasida kichik konteynerlarda saqlangan va ularni o‘nlab yengil mashinalar yukxonasida olib chiqish mumkin bo‘lgan.

Foto: Maxar Technologies
Eron AQSh strategik bombardimonchilarining muhim yadro obektlariga bergan zarbalariga qaramay, yadro bombalarini yaratish uchun yaroqli bo‘lgan boyitilgan uran zaxiralarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Financial Times razvedka ma’lumotlaridan xabardor yevropalik ikki amaldorga tayanib xabar berdi.
Dastlabki baholashlarga ko‘ra, Tehron 60 foizgacha boyitilgan uran zaxirasining katta qismini (408 kilogramm atrofida) ko‘chirib, hujumdan olib chiqishga ulgurgan. Ta’kidlanishicha, material Eronning Fordodagi asosiy ikkita boyitish obektlarining birida emas, balki boshqa manzillarga taqsimlangan bo‘lgan.
Hozirda Yevropa Ittifoqi davlatlari hukumatlari Fordodagi korxonada yetkazilgan zarar ko‘lami haqida razvedka tomonidan tayyorlanayotgan hisobotning to‘liq versiyasini kutmoqda. Mazkur korxona Kum shahri yaqinidagi tog‘ ostida joylashgan. oldinroq uran boyitish majmuasining faqat yer ustidagi qismi yo‘q qilingani, uning tubida joylashgan obektlar esa nisbatan butun qolgan bo‘lishi mumkinligi aytilgandi. O‘z navbatida Eron rasmiylari 22 iyun kuni Amerika aviatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan bombardimondan avval boyitilgan uran zaxiralari ko‘chirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgandi.
Hafta boshida Isroil razvedkasi ham shunga o‘xshash xulosasi bilan bo‘lishgandi. The New York Times manbalariga ko‘ra, AQSh zarbalari amalga oshirilishidan bir necha kun oldin Eron yadroviy obektlar hududidan taxminan 400 kilogramm boyitilgan uranni olib chiqqan. Ushbu chora AQSh prezidenti Donald Trampning Isroil tomonida urushga kirishish bilan bog‘liq tahdidlaridan keyin ko‘rilgan. Manbalarning ta’kidlashicha, uran zaxiralari Isfahondagi yerosti majmuasida kichik konteynerlarda saqlangan va ularni o‘nlab yengil mashinalar yukxonasida olib chiqish mumkin bo‘lgan.
Yevropa razvedka ma’lumotlari Trampning bombardimon Eronning yadroviy dasturini «yo‘q qildi» degan bayonotini shubha ostiga oladi. «Fordo yadroviy majmuasidan hech nima olib chiqilmadi. Bu juda ko‘p vaqt talab qilgan bo‘lardi, juda xavfli va tashish juda og‘ir!», — deb yozgandi prezident Tramp Truth Social sahifasida payshanba kuni.
Shuningdek, Tramp kuni kecha Amerika OAVni tanqid qilgandi. Trampning fikricha, ular Eronning yadroviy dasturi bor-yo‘g‘i bir necha oyga orqaga surildi, degan AQSh razvedkasining ishonchsiz ma’lumotlarini tarqatgan. Bu voqeadan so‘ng Oq uy Kongressga maxfiy ma’lumotlarni taqdim etishni cheklashini ma’lum qildi — aynan Kongressning axborot tizimi orqali razvedka ma’lumotlari jurnalistlar qo‘liga tushgan. 26 iyun kuni Pentagon rahbari Pit Hegset ham OAVni tanqid qildi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda coliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
Mavzuga oid

10:39
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda

08:07
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

22:34 / 09.07.2025
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda

20:09 / 09.07.2025