Rossiyada havo qatnovidagi kollaps 60 ming kishiga ta’sir qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi bir kun ichida 500 dan ortiq Ukraina dronlarini yo‘q qilganini ma’lum qildi. Dron tahdidi tufayli 6 maydan boshlab havo qatnovi cheklandi, buning oqibatida o‘n minglab yo‘lovchilar aeroportlarda qolib ketdi.

Foto: Andrey Titov
Rossiyaning bir qator hududlarida uchuvchisiz uchoqlar hujumlari va aeroportlarning yopilishi natijasida 6 may oqshomidan buyon kamida 350 ta reys bekor qilindi, deb xabar berdi Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi. Bu kamida 60 000 yo‘lovchining, jumladan Istanbul va Dubay orqali bog‘langan yo‘nalishlarda parvoz qilayotgan yo‘lovchilarning «rejalariga ta’sir ko‘rsatdi», deb xabar berdi 7 may, chorshanba kuni tashkilot.
Turoperatorlar assotsiatsiyasining ta’kidlashicha, avvaliga uchuvchisiz uchoqlar hujumi xavfi tufayli Moskvaning Vnukovo, Jukovskiy va Domodedovo aeroportlari reyslarni qabul qilish va jo‘natishni to‘xtatdi, keyin esa Sheremetevoda ham shunday bo‘ldi, cheklovlar 7 mayga o‘tar kechasi kuzatildi. Bundan tashqari, Sochi, Qozon, Kirov va Nijnekamsk aeroportlari vaqtincha yopildi. Rosaviatsiya shuningdek, Kaluga, Volgograd, Saratov, Samara, Ivanovo, Nijniy Novgorod, Yaroslavl va Tambovda ham xuddi shunday choralar ko‘rilgani haqida xabar berdi.
7 mayda kun davomida yirik reyslarning ham bekor qilinishi va kechikishlari kuzatildi. Ular orasida flydubai, Turkish Airlines, AJet va Pegasus kabi xorijiy aviakompaniyalar bor. Kunning ikkinchi yarmida Kaluga va Jukovskiy aeroportlarida «Kover» rejasi joriy etildi, parvozlar uchish va kelish vaqtida kechiktirildi.
Ayrim reyslar muqobil aerodromlarga, jumladan Pulkovo, Mineralniye Vodi, Ufa, Perm, Saratov va Qozonga yo‘naltirildi. Xususan, Sankt-Peterburgning «Pulkovo» aeroporti 70 dan ortiq rejadan tashqari reyslarni qabul qildi va «uchish-qo‘nish operatsiyalarining yuqori intensivligi sharoitida» ishladi», deyiladi xabarda. Oqibatda traplar yetishmovchiligi sababli o‘nlab samolyotlardan iborat navbat yuzaga kelgan, shu bois ular xizmat ko‘rsatishni ikki soatgacha kutishga majbur bo‘ldi, deb yozadi Baza. Shu bilan birga, samolyotdagi odamlar u yerda soatlab oziq-ovqat va suvsiz ushlab turilganidan shikoyat qilgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
-
O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanayotgan fuqaro Toshkent aeroportida ushlandi
Jamiyat | 23:05 / 13.06.2025
Mavzuga oid

13:38 / 13.06.2025
Tramp: «Aftidan, Putinga Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari ahamiyatsiz»

11:33 / 13.06.2025
Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib berish haqida «o‘ylamayapti»

23:40 / 12.06.2025
Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar bo‘yicha yangi bayonot berdi

21:34 / 12.06.2025