Haj va Umra ziyoratiga noqonuniy ravishda yubormoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi
Bir necha hududlarda Haj va Umra ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasa-da, fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan pul olgan shaxslar ushlandi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyati, Toshkent tumanida yashovchi, 1968 yyilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs Haj ziyoratini tashkil etishga vakolati bo‘lmasa-da, fuqaroning ishonchiga kirib, 8 ming AQSh dollari evaziga uning ota-onasini joriy yilda Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilib, oldindan 2 ming dollarni olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Shuningdek, Andijon viloyati, Shahrixon tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan turistik firma rahbari 4 nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborish evaziga 4200 AQSh dollari olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.
Sirdaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa, Oqoltin tumanida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zini go‘yo sayyohlik firmasi vakili sifatida tanishtirib, 3 nafar fuqaroni Umra safariga yuborish evaziga jami 3450 AQSh dollari talab qiladi. Ushbu shaxs oldindan 1100 dollari hamda 1 mln 290 ming so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi xususiy aviakassa rahbari fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini Umra safariga yuborishini aytib, buning evaziga 1200 AQSh dollari talab qilgan. Uning ko‘rsatmasi bilan aviakassa xodimi oldindan 10 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘qayev Qozog‘iston BMTni isloh qilish tarafdori ekanini ma’lum qildi
Jahon | 01:02
-
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
-
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 00:30
-
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 23:49 / 29.05.2025
Mavzuga oid

16:20 / 26.05.2025
«Samolyotga chiqishi bilan uyquga ketgan va uyg‘onmagan» – Madinada vafot etgan o‘zbekistonlik imom haqida ma’lumot berildi

10:59 / 26.05.2025
Rakat masjidi imomi Rabbimqul Muhammadiyev Madinada vafot etdi

17:37 / 17.05.2025
Tojikistonda Hajga yozilganlar mablag‘larini hududni obodonlashtirish uchun sarfladi

16:40 / 14.05.2025