Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuvda migratsiya tartib-taomillarini tezlashtirish chora-tadbirlari va patentlarni rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning Moskvaga tashrif yakunida Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi, bunda savdo, investitsiyalar, mehnat migratsiyasi va yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tovar ayirboshlash hajmi ortib borayotgani, qo‘shma loyihalar, eng avvalo, sanoat va energetika sohalarida faol ilgari surilayotgani alohida ta’kidlandi. Migratsiya tartib-taomillarini tezlashtirish chora-tadbirlari va patentlarni rasmiylashtirish bosqichlarining bir qismini O‘zbekiston hududiga ko‘chirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mintaqalararo hamkorlik va yangi ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish, jumladan, oliy o‘quv yurtlarining yangi filiallarini ochish va MISiS muhandislik maktabini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. O‘zaro ishonch va ochiqlik ruhida o‘tgan suhbat hamkorlikda amaliy natijalarga erishishga tomonlarning intilishi qat’iy ekanligini tasdiqladi.
«Ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun Rossiya tomoniga samimiy minnatdorlik bildiraman», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanaliga.
Avvalroq Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti administratsiyasi rasmiylari bilan uchrashgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

15:10 / 01.06.2025
Saida Mirziyoyeva Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

23:16 / 28.05.2025
Saida Mirziyoyeva Moskvada Rossiya prezidenti administratsiyasi rasmiylari bilan uchrashdi

22:17 / 28.05.2025
Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazdi

10:51 / 24.05.2025