«Sharg‘unko‘mir» AJ modernizatsiya qilinadi

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari
Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi mutaxassislari «Sharg‘unko‘mir» AJ korxonalari modernizatsiyasi bilan bog‘liq investitsion loyihani amalga oshira boshlashdi. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
«Sharg‘unko‘mir AJ modernizatsiyasi» investitsion loyihasi kompaniyaning loyihaviy quvvatini yiliga 900 ming tonnagacha toshko‘mir ishlab chiqarishga yetkazishni ko‘zda tutadi.
Loyiha doirasida uzunligi 1500 metr bo‘lgan 10 ta eski konni tozalash, qo‘shimcha ko‘mir qazib chiqarish uchun 2227 metrlik tunnelni burg‘ulash ishlarini o‘tkazish vazifasi turibdi.
Loyihaning umumiy bahosi 105,5 million dollarni tashkil qiladi. Tayyorgarlik va takomillashtirish ishlarining tugallanishi, shu bilan birga, ko‘mir qazishni boshlash 2020 yilning birinchi choragiga rejalashtirilmoqda.
Yangi texnologiyalar joriy qilinadi, xususan, eng zamonaviy yuqori samarali ko‘mir qazib oluvchi uskuna import qilindi.
Uzunligi 20 kilometrdan iborat yangi temir yo‘lini yotqizish rejalashtirilmoqda. Bir vaqtning o‘zida mavjud magistrallar rekonstruksiya qilinadi.
Sharg‘un ko‘mir zaxirasiga eng boy joy hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, uning hajmi 33 million tonnadan ortiq xomashyoni tashkil qiladi.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml Medinskiyni yana Ukraina bilan muzokaralarga jo‘natadi
Jahon | 11:11
-
Ta’lim sohasidagi tadbirkorlar soni oshdi
O‘zbekiston | 10:52
-
Sud Harvardga chet ellik talabalarni yana qabul qilishga ruxsat berdi
Jahon | 10:34
-
YouTube'dagi monetizatsiya natijasida o‘zbek blogerlari daromadi 50 mln dollarga yetishi mumkin
O‘zbekiston | 10:32
Mavzuga oid

15:59 / 18.04.2025
Urganch xalqaro aeroportini Janubiy Koreya kompaniyasi modernizatsiya qiladi

22:30 / 19.09.2024
Foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlarda mevali bog‘lar barpo etiladi

16:25 / 08.08.2022
O‘zbekistonda gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi

09:10 / 25.08.2019