O‘zbekistonda gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi

Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining “Respublika iste’molchilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Norma’ning yozishicha, gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish hamda mavjud quvvatlardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida 2022 yil oktabr oyida hududlarda yer uchastkalarida joylashgan hamda markaziy issiqlik ta’minotiga ulanmagan ko‘p qavatli uylarda “Tabiiy gaz nazorati va hisobi avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi to‘liq joriy etilishi va billing tizimi to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamda Toshkent shahrida markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulangan hamda tabiiy gaz iste’moli yuqori bo‘lmagan 11,5 mingta ko‘p qavatli uylarda elektron gaz hisoblagichlar ushbu uylar kirish qismidagi umumiy gaz quvurlariga o‘rnatiladi.
Iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishni “gaz taqsimlash stansiyasi - tuman (shahar) chegarasi - yirik uchastkalar kirish qismi - iste’molchi” texnologik zanjiri asosida 1 800 ta elektron hisoblagichlarni o‘rnatish va monitoring qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishga tushiriladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- 2022-2024 yillarda respublika hududlaridagi yer uchastkalarida joylashgan aholi xonadonlari gaz ta’minoti tizimini ikki bosqichli tizimga o‘tkazish maqsadli ko‘rsatkichlari;
- 2022 yilda “Hududgazta’minot” tizimidagi gaz tarmoqlari geoaxborot tizimini joriy etish bo‘yicha qurilmalar elektron topografik xaritasi va atributiv ma’lumotlarini shakllantirish maqsadli ko‘rsatkichlari;
- 2022-2024 yillarda “Hududgazta’minot” gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish chora-tadbirlari maqsadli ko‘rsatkichlari;
- gaz ta’minoti tizimidagi xodimlar xorijiy davlatlar ixtisoslashgan kompaniyalari va markazlarida malakasini oshirish, korporativ boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vosiq xalqaro maktabining - Yunusobod filiali ham IB PYP sertifikatiga ega bo‘ldi!
O‘zbekiston | 15:30
-
Prezident yoshlarning innovatsion ishlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi
O‘zbekiston | 15:29
-
Apple boshga taqiladigan yettita qurilmani tayyorlamoqda
Fan-texnika | 15:06
-
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi
Jahon | 15:02
Mavzuga oid

10:35 / 28.06.2025
1,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi

09:20 / 27.06.2025
Rossiyada gaz quvuridan yashirinib o‘tgan askarlarda saraton aniqlangani ma’lum qilindi

13:06 / 25.06.2025
6,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi, keskin oshib borayotgan gaz eksporti – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi

14:11 / 14.06.2025