Jamiyatda jurnalist mehnati hurmat qilinadigan muhitni saqlab qolish muhim - Sherzod Asadov
Prezident matbuot kotibi OAV vakillarini tabrikladi.

Bugun Butunjahon matbuot erkinligi kuni nishonlanmoqda. Ushbu sana yana bir bor dunyo hamjamiyati e’tiborini demokratiyaning asosiy ustunlaridan biri — so‘z va matbuot erkinligi masalalariga qaratadi, deb yozdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
«O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida fikr erkinligini ta’minlash, axborot olish va tarqatish huquqini kafolatlash taraqqiyot strategiyamizning muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Ushbu strategiya inson manfaatlarini himoya qilishga, davlat xalqqa xizmat qiladigan ochiq va adolatli jamiyat qurishga qaratilgan», dedi u.
«Kuchayib borayotgan global tahdidlarga qaramasdan, biz demokratik institutlarni mustahkamlash yo‘lidan bormoqdamiz. Dunyodagi siyosiy va iqtisodiy beqarorlik, ziddiyatlarning keskinlashuvi va dezinformatsiyaning kuchayishi sharoitida O‘zbekiston jurnalistika, xolis muloqot va fikrlar xilma-xilligini rivojlantirish uchun zarur sharoit yaratish siyosatiga sodiq qolmoqda», deb yozdi Asadov.
«Afsus bilan tan olish kerakki, bugungi kunda hatto an’anaviy ravishda demokratiya tayanchi hisoblangan mamlakatlarda ham so‘z erkinligi g‘oyasi ko‘pincha siyosiy, tijorat yoki mafkuraviy manfaatlar bosimi ostida qolmoqda. Ochiq jurnalistika o‘rnini noxolis yondashuv egallab, «so‘z erkinligi» tamoyili o‘zining asl qiymatini tobora yo‘qotib borayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Xalqaro tashkilotlarning tahlillariga ko‘ra, 2025 yilda dunyodagi umumiy vaziyat ilk bor «murakkab» darajaga tushib ketgani sohadagi ahvolning tobora yomonlashib borayotganidan dalolat beradi», deb ta’kidladi u.
«Shu bois jamiyatimizda jurnalistning professional mehnati hurmat qilinadigan, fakt va halollik qadrlanadigan, muloqot ochiqlikka asoslanadigan muhitni saqlab qolish va rivojlantirish ayniqsa muhimdir. Bu kunda jurnalistlar, blogerlar, muharrirlar, operatorlar, texnik xodimlarga - har kuni ma’rifat va axborot ulashish, voqealarni xolis yoritish yo‘lida xizmat qilayotgan barchaga chuqur minnatdorligimizni bildiramiz. Mas’uliyatingiz, jasoratingiz va kasbingizga sadoqatingiz uchun tashakkur. Sizlarga yangi yutuqlar, mustahkam sog‘lik va ijodiy ilhom tilaymiz!», dedi Sherzod Asadov.
Tavsiya etamiz
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Viloyatliklar ham Toshkentda taksichilik qila oladi - transport vaziri
O‘zbekiston | 19:48
-
Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 14 kun davom etishi mumkin
Jahon | 19:05
-
«Tuxum barak» taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 19:03
-
Armanistonda sobiq bosh vazir Ovik Abramyan qo‘lga olindi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

17:35 / 11.06.2025
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov

18:34 / 05.06.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

16:37 / 29.05.2025
Sherzod Asadov Rossiya prezidenti matbuot kotibi bilan uchrashdi

20:39 / 23.05.2025