Jamiyat | 18:10 / 27.06.2025
3045
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

Prezident administratsiyasi rahbari mamlakatdagi ko‘plab ijobiy o‘zgarishlar aynan jurnalistlar mehnati tufayli amalga oshayotganini ta’kidladi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

27 iyun – O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.

«O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri — erkin va professional matbuotdir. Ustuvor qadriyatlarga sodiqligingiz va o‘quvchilaringiz-obunachilaringiz oldidagi mas’uliyatingiz uchun har biringizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Jasoratingiz va tahririyat siyosatini, pozitsiyangizni himoya qilishga doimo tayyorligingiz e’tirofga loyiq. O‘zbekistonning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha jurnalistlarni tabriklayman — mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar aynan Sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda. Rahmat! Bayramingiz muborak bo‘lsin!», deyiladi tabrik so‘zida.

Mavzuga oid