Jahon | 12:31 / 02.05.2025
3656
2 daqiqa o‘qiladi

Xerson «gubernatori» Ukrainani bozorga hujum qilishda aybladi

Ukraina qurolli kuchlarining Aleshki bozoriga uyushtirgan hujumi chog‘ida yetti kishi halok bo‘ldi, dedi Vladimir Saldo. Rossiya Tergov qo‘mitasi «terrorchilik harakati» moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochdi.

Foto: AP/dpa/picture alliance

Ukrainaning qisman Rossiya tomonidan bosib olingan Xerson viloyati Aleshki shahridagi bozorga Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining «katta hujumi» oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘ldi va 20 dan ortiq kishi jarohatlandi, deya ma’lum qildi viloyatning Rossiya tomonidan tayinlangan «gubernatori» Vladimir Saldo 19 may, payshanba kuni tongda. «Aleshkidagi markaziy bozorda Ukraina qurolli kuchlari FPV dronlari bilan tinch aholiga katta hujum uyushtirdi», — deb yozdi Saldo o‘zining Telegram-kanalida hujum joyidan olingan suratlar va videolarni e’lon qilib.

Keyinchalik uning ta’kidlashicha, «Aleshki bozorida birinchi zarbalar to‘lqini sodir bo‘lganidan so‘ng, u yerda halok bo‘lganlar va yaradorlar yotganida, dushman omon qolganlarni yo‘q qilish uchun FPV dronlarini yubordi».

Material e’lon qilingan paytda Ukraina tomoni Aleshkida sodir bo‘lgan voqealarga izoh bermadi.

Ayni paytda, «Agenstvo. Novosti» nashri Saldo o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilgan kadrlar «na hujumning kattaligini, na qurbonlar sonini, na Ukraina Qurolli kuchlarining ushbu zarbaga aloqadorligini» tasdiqlamaydi, deb yozadi. Conflict Intelligence Team'ning ismini oshkor etmagan eksperti agentlikka aytishicha, «hujum ko‘lami videoda to‘liq aniq emas va eng muhimi, Ukraina Qurolli kuchlari aybdor ekanligini tasdiqlab bo‘lmaydi».

Mavzuga oid