Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi
Bugundan boshlab, ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun 45 mln so‘m utilizatsiya yig‘imi undirilmoqda. Bu pullar qayerga ishlatilishi bo‘yicha mart oyi oxirigacha ishlab chiqilishi kerak bo‘lgan tartibdan hozircha darak yo‘q.

Foto: AP
O‘zbekistonda 1 maydan e’tiboran elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi miqdorlari oshdi.
Bosh vazir 31 yanvarda imzolagan qarorga asosan, bu yig‘im miqdori:
- ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan elektromobillar uchun 4 barobarga – 30 BHM (11 mln 250 ming so‘m)dan 120 BHM (45 mln so‘m)ga;
- ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan elektromobillar uchun 2,3 barobarga – 90 BHM (33 mln 750 ming so‘m)dan 210 BHM (78,75 mln so‘m)ga ko‘tarildi.
Avvalroq Kun.uz bu yangilik amaliyotda narxlarga qanday ta’sir qilishini Changan Deepal S07 misolida yoritgandi: bojxona qiymati 22 800 dollar bo‘lgan bu modelni olib kirish narxi 3600 dollardan 6200 dollargacha oshmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus Champion'ni bojxonadan olib o‘tish to‘lovlari qanday o‘zgarayotgani ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, 1 maydan e’tiboran bu avtomobil uchun bojxona yig‘imi – 937 ming so‘m, 12 foiz QQS – 37 mln 923 ming so‘m, utilizatsiya yig‘imi – 45 mln so‘m – jami bojxona xarajatlari 83 mln 860 ming so‘mni tashkil etadi.
Avvalroq kengaytirilgan diapazonli elektromobil (EREV) toifasiga kiruvchi (ikki xil dvigatelga ega, lekin faqat elektrda yuradigan) avtomobillar uchun alohida TIF TN kodi kiritilishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Bosh vazirning 31 yanvardagi qaroriga asosan, 2 oy muddatda utilizatsiya yig‘imlaridan samarali foydalanish tartibi ishlab chiqilishi belgilangan. Bu tartib ishlab chiqilgani haqida hozircha xabar berilmadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Aniq reja yo‘q” - Xastimomdagi obig‘ishtlar taqdiri nima bo‘ladi?
Jamiyat | 21:09
-
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:52
-
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi
Jahon | 20:49
-
Rossiya Istanbulda muzokaralar o‘tkazishga va «murosalarga» tayyor - Medinskiy
Jahon | 20:40
Mavzuga oid

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

20:34 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?

18:24 / 05.05.2025
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat talab qilish to‘xtatildi

23:20 / 03.05.2025