«Kalmar o‘yinlari» aktyori 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Sud 80 yoshli aktyorni 2017 yilda hamkasbiga nisbatan ikki marta jinsiy tegajog‘lik qilganlikda aybdor deb topdi.

Foto: Netflix
«Kalmar o‘yinlari» serialida 001 raqamli o‘yinchi rolini o‘ynagan 80 yoshli janubiy koreyalik aktyor O Yon Su jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, bir yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi The Daily Star.
Avvaliga sud hukmni 8 oylik shartli jazo bilan cheklagan bo‘lsa, keyinchalik jazo muddati oshirilgan.
Sud san’atkorni 2017 yilda hamkasbiga nisbatan ikki marta jinsiy tegajog‘lik qilganlikda aybdor deb topdi. Ayblov xulosasiga ko‘ra, aktyor uyi yonida aktrisani uning xohishiga qarshi quchoqlab o‘pgan. Aktyorning o‘zi aybini tan olmadi.
Sud jarayonida prokurorlar O Yon Su 50 yillik tajribaga ega bo‘lsa-da, «kichik hamkasbiga tegajog‘lik qilganini» ta’kidladi. Ayblov tomoniga ko‘ra, jabrlanuvchi voqea sodir bo‘lganidan keyin ham ishda, ham kundalik hayotida qo‘rquvda yashagan.
Aktyorning advokatlari ayblov faqat jabrlanuvchining so‘zlariga asoslanganini, unda aniqlik, izchillik va mantiq yo‘qligini ta’kidladi. O Yon Su sud zalida mavjud vaziyatdan afsusda ekanini bildirdi.
«Bunday yoshda sudga kelish sharmandalik. Agar biror nomaqbul gap aytgan yoki qilgan bo‘lsam, hukmni qabul qilaman. Lekin mening xatti-harakatlarimni zo‘ravonlikka tenglashtirib bo‘lmaydi. Bir lahzada 80 yil davomida qurgan hamma narsam qulab tushdi. Men o‘zimni ruhan bo‘m-bo‘sh his qilyapman. Men o‘zimga tegishli bo‘lgan joyga qaytishni xohlayman», dedi aktyor.
Aktyor hukm ustidan apellyatsiya shikoyati berdi. Apellyatsiya bo‘yicha yakuniy qaror 3 iyun kuni qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Barselona" va "PSJ" qiyinchilik bilan yarimfinalga chiqdi
Sport | 01:53
-
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
O‘zbekiston | 01:32
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
Mavzuga oid

18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi

17:06 / 07.04.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi

20:01 / 02.04.2025
Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlikka chaqirildi

21:50 / 31.03.2025