Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Avvalgi prezident Yun Sok Yol impichment tufayli lavozimini muddatidan oldin tark etgan edi.

Foto: Reuters
Janubiy Koreyada hokimiyatdan chetlatilgan sobiq prezident Yun Sok Yol o‘rinbosarini aniqlash uchun yangi prezidentlik saylovi 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Yonhap axborot agentligi hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berishicha, sana prezident vazifasini bajaruvchi bosh vazir Xan Dok Su raisligidagi Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida tasdiqlanishi kutilmoqda.
Konstitutsiyaviy sud 4 aprel kuni Milliy assambleyaning Yun Sok Yolga nisbatan impichment to‘g‘risidagi qarorini tasdiqlagan edi. Endi mamlakatda 60 kun ichida prezidentlik saylovi o‘tkazilishi kerak.
2024 yil 3 dekabrda Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Davlat rahbari televideniye orqali xalqqa murojaatida muxolifatni Shimoliy Koreya yordamida konstitutsiyaviy tuzumga putur yetkazishga urinishda aybladi.
14 dekabr kuni parlament Yun Sok Yolga impichment e’lon qildi. 31 dekabr kuni Seul G‘arbiy okrug sudi tergov so‘roviga ko‘ra Yun Sok Yolni harbiy holat joriy etish va isyon ko‘tarishga urinish ishida hibsga olish uchun order berdi. 15 yanvar kuni isyonda ayblangan prezident hibsga olindi. 7 mart kuni hibsdan ozod qilindi.
Mavzuga oid

18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi

18:13 / 08.04.2025
«Kalmar o‘yinlari» aktyori 1 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi

20:01 / 02.04.2025