Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir qaror ijrosi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, davlat rahbari o‘tkazgan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

Foto: Bosh prokuratura
12 mart kuni Bosh prokuraturada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan respublika idoralararo yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda parlament va hukumat a’zolari, sohaga mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari, shuningdek viloyat, tuman-shahar hokimlari va ishchi guruh a’zolari qatnashgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir prezident qarori ijrosi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi yig‘ilishda berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
«Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklar aniq raqamlar va misollarda ko‘rsatib o‘tilib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Jumladan, namunali xavfsiz yo‘lak va ko‘chalarni tashkil etish, mahallalarni to‘liq videokuzatuv bilan qamrab olish, aholining huquqiy ongini oshirish, «mahalla yettiligi» tomonidan «ijtimoiy profilaktika» tamoyili asosida faoliyatni yanada jadallashtirish, har bir «qizil» va «sariq» toifali mahallalar bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, tadbirda hududlar hamda respublika idora va vazirliklarining rahbarlari, mas’ul xodimlari tushuntirish va axborotlari eshitildi.
Respublika idoralararo yig‘ilishi yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va muhokama qilingan sohalarda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzcard Express bank xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi
Jamiyat | 18:02
-
Hindistondagi Boeing Dreamliner halokatiga sabotaj sabab bo‘lishi mumkin
Jahon | 17:55
-
Netanyahu G‘azoda ustuvorlikni garovdagilarga qaratishni boshladi. Tramp Hamas bilan «bitim» talab qilmoqda
Jahon | 17:54
-
Mashina olib berish bahonasida 840 dan ortiq odamni chuv tushirgan guruh qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 17:49
Mavzuga oid

12:55 / 24.05.2025
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi

16:01 / 08.05.2025
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:03 / 28.04.2025
Bosh prokuratura, DXX va TIV vakillari migrantlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yig‘ilishda qatnashish uchun Rossiyaga ketdi

20:57 / 26.03.2025