Jamiyat | 18:02 / 30.06.2025
1169
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Uzcard Express bank xizmatlaridan foydalanishni osonlashtiradi

28 iyun kuni Farg‘onada birinchi Uzcard Express xizmat ko‘rsatish ofisi ochildi, u orqali bank kartalarini ochish, POS-terminallarni xarid qilish, bankomat orqali naqd pul olish, shuningdek, raqamli to‘lovlar bo‘yicha maslahatlar olish mumkin. Bu “unbanked” segment vakillariga tez, qulay va bank filialiga bormasdan UZCARD ekotizimiga ulanish imkonini beruvchi to‘laqonli infratuzilmani yaratish yo‘lidagi qadamdir.

Foto: Uzcard

Uzcard Express shunchaki savdo nuqtasi emas, balki foydalanuvchi bank kartasini olishi, uni faollashtirishi, mavjud xizmatlar bilan tanishishi, biznes uchun terminalni ulashi yoki mutaxassisga savol berishi mumkin bo‘lgan ixcham markazdir. Bu yerda hamkor banklarning mahsulotlari, terminal uskunalari va ARCA, Smart Business (ex. UZKASSA) va BTECH kompaniyalarining zamonaviy to‘lov vositalari taqdim etiladi.

Ekspress formatda sotuvga qo‘yilgan birinchi mahsulot Moment kartasi bo‘ldi - bu tezkor emissiya uchun mo‘ljallangan bank mahsuloti. Uni atigi 5 daqiqada olish mumkin: identifikatsiya va faollashtirish hamkor bank ilovasi, Universalbank orqali amalga oshiriladi. Kelajakda nuqtadagi takliflar doirasi kengaytiriladi.

Ekspress format mahsulotni tanlashda yordam berishga, foydalanuvchi bilan maslahatlashishga va barcha bosqichlarda - sotib olishdan tortib to sozlashgacha hamroh bo‘lishga tayyor o‘qitilgan jamoaning mavjudligini nazarda tutadi. Nuqta bankomat, multikiosklar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun ko‘rgazma maydoni bilan jihozlanadi.

Farg‘ona aholi zichligi va tez, qulay to‘lov yechimlariga bo‘lgan talabi tufayli pilot hududi sifatida tanlandi. Ochilish kuni ulanish jarayonining namoyishi, UCMG tijorat direktorining nutqi va loyiha jamoasining maslahatlari bilan o‘tdi.

Uzcard Express loyihasi to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishdagi yangi qadam bo‘lib, unda Uzcard va hamkor banklar asosiy moliyaviy xizmatlarni mijozga yanada yaqinroq va qulayroq qilish uchun kuchlarini birlashtiradi. Ushbu format nafaqat moliyaviy xizmatlardan foydalanishni soddalashtiradi, balki kichik va mikrotadbirkorlikning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi, naqd pulsiz hisob-kitoblarga o‘tishni rag‘batlantiradi. Ushbu yondashuv raqamli vositalarni keng doiradagi foydalanuvchilar uchun yanada yaqinroq va tushunarli qiladi - bank bilan bog‘lanish yoki to‘g‘ri yechimlarni izlashga vaqt sarflanmaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid