Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
Prokuratura tomonidan mahkum koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganligi holati o‘rganilgan. Koloniya xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Foto: Ombudsman axborot xizmati
Bosh prokuratura Toshkent viloyatidagi 50-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum qiynoqqa solinib, so‘ng asossiz ravishda intizomiy bo‘linmaga joylashtirilganiga oid ish yuzasidan ma’lumot berdi.
Piskent tumanidagi koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, 10 sutka intizomiy bo‘linmaga joylashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Aniqlanishicha, 36 yoshli mahkum T.I.ga sudning tegishli hukmiga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, u manzil-koloniyaga 2024 yil 1 dekabr jazo muddatini o‘tash uchun keltirilgan. T.I. koloniyadagi ichki tartib qoidalarini buzganligi sababli koloniya boshlig‘ining 2025 yil 28 fevraldagi qaroriga asosan o‘n sutka intizomiy bo‘linmaga kiritish tariqasidagi intizomiy jazoga tortilgan.
Qaror Toshkent maxsus prokuratura tomonidan o‘rganilib, 4 mart kuni intizomiy jazoni bekor qilish bo‘yicha protest keltirilgan. 5 mart kuni esa mahkum T.I. sog‘lig‘idan shikoyat qilib, Piskent tumani tez tibbiy yordamga murojaat qilgan va 15 mart kuniga qadar Terapeya bo‘limida «o‘tkir bronxit va surunkali tanzilit kasalligi» tashxisi bilan davolangan.
Piskent tumani tibbiyot birlashmasining 1798/31-sonli tibbiy bayonnomasidan ko‘chirmada mahkum T.I.da tan jarohatlari borligi aniqlanmagan.
Prokuratura tomonidan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinganligi holati o‘rganilib, voqea joyi ko‘zdan kechirilgan hamda mahkum sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligi sababli sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tishdan bosh tortgan.
Koloniya xodimlarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berish uchun xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Toshkent maxsus prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

12:55 / 24.05.2025
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi

16:01 / 08.05.2025
Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

17:03 / 28.04.2025