Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi
Hukumatni mustaqil ravishda shakllantirish uchun hukmron partiya 50 foiz ovoz olishi yoki Serbiya bilan muzokaralarni qayta boshlash tarafdori bo‘lgan muxolifat kuchlari bilan koalitsiyaga kirishi kerak.

Foto: Valdrin Xhemaj / Reuters
Kosovoda 9 fevral, yakshanba kuni parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Associated Press agentligining dastlabki ovoz berish natijalariga tayanib xabar berishicha, ovozlarning 73 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng, bosh vazir Albin Kurtining «O‘z taqdirini o‘zi belgilash» partiyasi 42 foiz ovoz to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. Muxolifatdagi Kosovo Demokratik partiyasi va Kosovo Demokratik ligasi mos ravishda 22,7 va 17,9 foiz ovoz bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda. To‘rtinchi o‘rinda yana bir muxolif kuch – sobiq bosh vazir Ramush Xaradinayning «Kosovo kelajagi uchun alyansi» 7,6 foiz ovoz bilan.
«Xalq g‘alaba qozondi. «O‘z taqdirini o‘zi belgilash» g‘alaba qozondi. Biz keyingi hukumatni tuzadigan g‘olib kuchmiz», — deya Kurti so‘zlarini keltiradi AP. Ayni paytda, vazirlar mahkamasini mustaqil ravishda shakllantirish uchun hukmron partiya 50 foiz ovoz olishi kerak, aks holda «O‘z taqdirini o‘zi belgilash» Kosovoning G‘arb bilan munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan muxolifat kuchlari bilan koalitsiyaga kirishi va Serbiya bilan muzokaralarni qayta boshlashi kerak bo‘ladi.
Saylov kuni mamlakat prokuraturasi ovoz berish natijalariga ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan sakkiz kishi hibsga olingani haqida xabar berdi. Biroq keyinroq politsiya «saylov jarayoni tinch va jiddiy hodisalarsiz o‘tganini» ma’lum qildi. Ovoz berish jarayonini Yevropa Ittifoqidan 100 nafar, Yevropa Kengashidan 18 nafar, xalqaro va mahalliy tashkilotlarning 1600 nafarga yaqin vakili kuzatdi. Kosovodagi parlament saylovlarida ikki millionga yaqin saylovchi ovoz berish huquqiga ega edi. Kosovoning 120 o‘rinli parlamenti ozchilik guruhlari uchun 20 ta o‘rinni kafolatlaydi, ulardan 10 tasi, ovozdan qat’i nazar, etnik serblar uchun ajratilgan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi
O‘zbekiston | 11:23
-
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Sport | 09:45
-
AQSh bilan viza muzokarasi, Rossiyaning talablari va bilimli yoshlarga mukofot - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:39
Mavzuga oid

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

21:57 / 07.02.2025
Ukrainada saylovlar o‘tkazilishi mumkinmi?

16:35 / 04.02.2025
AQSh saylov idorasiga qalbaki arizalar topshirgan o‘zbekistonlik hibsga olindi

13:29 / 28.01.2025