O‘zbekiston elchisi Sloveniya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov (qarorgohi Budapeshtda joylashgan) Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musarga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: "Dunyo" AA
Rasmiy marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi. Har ikki tomon munosabatlarni yanada rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
Joriy yil oktyabrida O‘zbekistonning Sloveniyadagi birinchi elchisi etib tayinlangan Oybek Shaxavdinov ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga o‘zining ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) birinchi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Xorvatiya, Chernogoriya va Sloveniyadagi elchisi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

19:10 / 21.06.2025
"Prezident tashrifi bo‘lishi aniq, lekin vaqti noma’lum" - Britaniya elchisi bilan suhbat

20:21 / 12.06.2025
O‘zbekistonning Maldiv Respublikasidagi birinchi elchisi tayinlandi

16:21 / 29.05.2025
O‘zbekistonning Iordaniyadagi yangi elchisi tayinlandi

16:09 / 28.05.2025