Frontda futbol ko‘rayotgan jangchilar va Poltava o‘qqa tutilishi oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainada urushning 845-kuni o‘tdi.
Ukraina milliy jamoaning Yevro-2024’dagi ilk o‘yinini tomosha qildi
Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘tkazilmoqda va urush bo‘layotganiga qaramay, unga Ukraina milliy jamoasi ham yo‘llanma olgan. Rossiya bosqini tufayli jamoaning saralash bosqichidagi barcha uy uchrashuvlari Polsha va Germaniyada o‘tkazilgandi. Turnirdagi ilk o‘yin oldidan (bu o‘yin esa Ukraina milliy jamoasi uchun omadsiz kechdi) Ukraina futbol assotsiatsiyasi «bugungi kunda Ukrainani himoya qilayotgan barcha muxlislar»ga minnatdorchilik bildirdi. «Bir million muxlis jang maydonida ekani tufayli bir jamoa maydonda», — deya qayd etgan milliy futbol assotsiatsiyasi va shunday qo‘shimcha qilgan: «Biz bugun siz tufayli o‘ynay olyapmiz!» Ukrainlar milliy jamoasining Yevro-2024’dagi ilk o‘yinini Kiyevdagi barlarda ham, Donetsk oblastidagi front chizig‘ida joylashgan boshpanalarda ham kuzatdi.

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA



Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images

Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA


Poltava oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiya qo‘shini 17 iyun kuni Poltava bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Region rahbari Filip Pronin bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi, jumladan uch nafar bola tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan. To‘qqiz kishi, ulardan ikki nafari bolalar, shifoxonaga yotqizilgan. Hududdagi 19 bino, jumladan to‘qqizta ko‘p qavatli uy shikastlangan. «Rossiya armiyasi qo‘lidan mutlaqo barcha jabrlanmoqda. Bolalar, katta yoshlilar, jonivorlar. Yerimizdagi bor tiriklik», — deya yozgan Pronin o‘z telegram-kanalida.

Lyubov Yemets / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Lyubov Yemets / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Karina Popova / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Lyubov Yemets / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Donetsk atrofidagi ukrain harbiylari
Donetsk oblasti — bu urushdagi asosiy janglar bo‘lib o‘tayotgan hududdir. Front chizig‘idagi ukrainalik harbiylarda vaqtincha boshpanalarda o‘tkaziladigan qisqa muddatli nafas rostlash onlari bo‘ladi. Quyida keltiriladigan tasvirlar Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastida jang qilayotgan bo‘linmalaridan birining pozitsiyasida olingan.

Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Chasiv Yar yaqinidagi barqarorlashtirish punkti
Chasiv Yar atrofida ham, Rossiya qo‘shini egallab olishga harakat qilayotgan boshqa shaharlar atrofida ham yaralangan ukrain jangchilariga harbiy shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda. Quyidagi fotolarda Donetsk oblastidagi barqarorlashtirish punktidagi ish faoliyati tasvirlangan.

Jose Colon / Anadolu / Getty Images

Jose Colon / Anadolu / Getty Images

Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Ukraina sharqidagi ukrain jangchilari
Rossiya bosqinini qaytarishda ishtirok etayotgan ukrain bo‘linmalari qatorida 33-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ham bor. Bo‘linma Ukrainaga harbiy yordam doirasida g‘arblik ittifoqchilar tomonidan yetkazib berilgan Leopard 2A4 tanklari bilan qurollangan.

Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

22:20 / 28.06.2025
Germaniyada Ukrainaga ajratilgan qariyb 1 milliard yevro yordam yo‘qolib qoldi – OAV

11:57 / 28.06.2025
Kreml Ukraina bilan muzokaralarning uchinchi bosqichiga tayyor

10:10 / 28.06.2025
Rossiya Odessaga hujum qildi: er-xotin halok bo‘ldi, bolalar yaralandi

23:31 / 27.06.2025