Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Ukraina bilan muzokaralarning uchinchi bosqichiga tayyor
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Ukraina bilan Istanbuldagi uchinchi muzokaraga tayyorligini bildirdi. Putin bu muzokaralar qachon bo‘lishi mumkinligiga aniqlik kiritmadi.

Foto: Sergei Bobylev/Photo host agency RIA Novosti via AP
Rossiya Istanbulda Ukraina bilan muzokaralarning uchinchi raundiga tayyor, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin 27 iyun, juma kuni Minskka ikki kunlik tashrif yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev bilan muzokaralar mavzusi ikki davlat o‘rtasidagi memorandumlarni muhokama qilish bo‘lishi kerak.
Iyun oyi boshida Ukraina va Rossiya bir-biriga o‘t ochishni to‘xtatish va mojarolarni hal qilish bo‘yicha qarashi bayon etilgan hujjatlarni topshirdi. Ukraina hech qanday shartlarsiz kamida 30 kun davomida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilmoqda, biroq Rossiya ko‘plab shartlarni ilgari surmoqda. «Rossiya va Ukraina memorandumlari to‘g‘ridan to‘g‘ri qarshi, biroq muzokaralar yaqinlashish yo‘lini topish uchun olib borilmoqda», — dedi Putin. U Istanbuldagi muzokaralarning yangi bosqichi qachon bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytmadi.
Ukraina hukumati vakillari Rossiya bilan Istanbulda muzokaralarni hozirgi formatda davom ettirish maqsadga muvofiqligiga shubha bildirdi. Ukraina va Yevropa Ittifoqining ko‘plab davlatlari Rossiyani haqiqatda tinchlikka intilmayotganlikda va AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatini chalg‘itish maqsadida muzokara olib borayotganlikda ayblamoqda.
Matbuot anjumani chog‘ida Rossiya prezidenti Moskva Kiyevga o‘ldirilgan olti ming askardan tashqari yana uch ming ukrainalik askarning jasadlarini topshirishga tayyorligini bildirdi. Ukraina rasmiylari avvalroq Ukraina tomoniga topshirilgan jasadlar orasida halok bo‘lgan rossiyalik askarlarning jasadlari bo‘lganini rasman ma’lum qildi, ammo ular ataylab yoki noto‘g‘ri topshirilganmi, noma’lum.
Vladimir Putin AQSh bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, prezident Trampni hurmat qilishini aytdi. U Tramp Ukrainadagi urushning tugashini chin dildan istashi haqidagi fikrini bildirib, Moskva Tramp bilan uchrashuvga «bajonidil» tayyorgarlik ko‘rishini qo‘shimcha qildi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar «tekislasha boshlagan», tashqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlar o‘rtasida ishchi aloqalar o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
-
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda
O‘zbekiston | 15:48
-
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars
Jahon | 15:28
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
Mavzuga oid

12:59
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda

23:38 / 12.07.2025
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa

21:38 / 12.07.2025
Lavrov Shimoliy Koreyada Kim Chen In bilan uchrashdi

20:08 / 12.07.2025