Ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi
“Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tashkilotlar — ish beruvchilarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish majburiyati yuklangan.
Belgilanishicha, aholini bandlik bilan qamrab olishni oshirishda amaliy ko‘maklashish va ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning yuqori natijadorligini ta’minlash maqsadida:
- ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilish tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi;
- kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari prezidentning “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini yaratish bo‘yicha tuman (shahar) hokimlari qarorlarining bajarilmaganligi uchun shaxsan javob beradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
- ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash bo‘yicha tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlarini xatlovdan o‘tkazadi;
- ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlaydi;
- har yili navbatdagi kalendar yil boshlanishidan kamida ikki oy oldin tumanlar (shaharlar) hokimlarining qarorlari bilan zaxiraga qo‘yilishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari soni ish beruvchilarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlaydi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirishni ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil – Eron urushi: hech kim yutmadi
Jahon | 07:41
-
Medvedev: Yevropa Ittifoqi - Rossiya uchun «to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid»
Jahon | 07:34
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025