Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
Iyunning oxirgi 10 kunligida O‘zbekiston bo‘ylab avvaliga odatiy yoz issig‘i, keyin yana 2-3 kun juda issiq ob-havo hukm suradi. Dam olish kunlari Toshkent viloyati va vodiyda sel hodisalari kuzatilishi mumkin. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

O‘tgan 10 kunlikda respublika ayrim hududlarida do‘l yog‘ish, kuchli sel hodisalari va 2-4 kunlik jazirama kuzatildi.
10 iyun kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida kuchli do‘l hodisalari qishloq xo‘jalik ekin maydonlari, bog‘dorchilik yo‘nalishida mevalarga zarar keltirdi. Qo‘shko‘pirda yerni oppoq qor misol qoplab olgan ushbu do‘l hodisasini ushbu hudud uchun yuz yilda bir kuzatilayotgan hodisa sifatida unga "kataklizm" ta’rifini bersa bo‘ladi.
O‘tgan haftada vodiy viloyati shimoliy hududlarida ham do‘l yog‘ishi uchun qulay ob-havo sharoiti kuzatildi. Ammo FVVga qarashli Namangan viloyati uch tumanida joylashgan gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish va boshqarish otryad guruhlari atmosferaga to‘g‘ri va samarali ta’sir ko‘rsatib, kuchli do‘l yog‘ish xodisalarining oldini oldi.
Bu kabi ta’sirlar orqali qishloq xo‘jaligi maydonlarida ekin va meva hosillari do‘l urishidan saqlab qolindi.
12 iyun kuni Jizzax viloyati Zomin va Baxmal tumanlarida talafotli sel hodisalari kuzatildi. Navoiy, Buxoro, Jizzax viloyati ayrim tumanlarida kichik guruhga ega mahalliy chigirtka bosqini hodisalari qayd etildi.
15-18 iyun kunlari respublikaning juda katta hududlarida kamida bir kun bo‘lsa ham +40 darajadan yuqori issiq xarorat kuzatildi. Xususan, 18 iyun kuni Termizda +44,1 daraja, Navoiy va Buxoro viloyati cho‘l hududlarida +43 darajadan yuqori issiq harorat ro‘yxatga olindi.
Ushbu issiqlik to‘lqini Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyati ayrim paxta dalalarida g‘o‘za ko‘chatlaridagi shona va gul to‘kilishiga olib keldi.
Joriy haftaning dam olish kunlari salqinroq, dushanbadan kichik jaziramalarning qayta mintaqaga kirib kelishi kutilmoqda. Iyun so‘nggi haftasi biroz salqin, iyul boshlarida yana jazirama issiq to‘lqinlari mintaqaga kirib kelishini taxmin qilishimiz mumkin.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi
Sport | 17:51
-
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi
Jahon | 17:42
-
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi
Jahon | 17:34
-
AQSh rasmiylarida Jyeffri Epshteynning «mijozlar ro‘yxati» yo‘q – OAV
Jahon | 17:10
Mavzuga oid

16:01 / 06.07.2025
Havo harorati qanday o‘lchanadi? Toshkent observatoriyasidan reportaj

13:06 / 03.07.2025
Iyulda eng issiq harorat kuzatiladigan kunlar ma’lum qilindi

12:16 / 01.07.2025
Barcha tarmoqlar tayyor turishi kerak. Shiddatli issiq havo oqimi kirib kelmoqda

19:27 / 25.06.2025