O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
Migratsiya agentligi o‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkinligini ma’lum qildi.
2025 yil holatiga ko‘ra, Sloveniya rekord darajadagi past ishsizlik (taxminan 3,2–3,5 foiz) va yuqori bandlik darajasiga ega. Bu holat mahalliy mehnat bozorida bo‘shliqlarni keltirib chiqaryapti.
Qurilish, sog‘liqni saqlash, mehmonxona va restoranlar, ishlab chiqarish, ta’lim va axborot texnologiyalari yo‘nalishida ishchi kuchi yetishmovchiligi borligi ta’kidlangan.
Bu xorijlik ishchilar, O‘zbekiston fuqarolari uchun ham yaxshi imkoniyatlar bor, degani. Kasb va til talablariga javob beradigan 1500 dan ortiq o‘zbekistonliklar Sloveniyada ish topishi mumkin.
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

08:00 / 23.05.2025
O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi

23:48 / 22.05.2025