Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda
Nomzodlarga 12 oylik nemis tili kurslari, viza rasmiylashtirish, ishga joylashish, aviachipta, sug‘urta va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.

Foto: Migratsiya agentligi
Migratsiya agentligi tomonidan Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar uchun 50 ta bo‘sh ish o‘rni e’lon qilindi.
Agentlik xabariga ko‘ra, oylik maosh 2800 yevrodan boshlanib, malaka tasdiqlanganda 3300 yevrogacha yetadi.
Nomzodlarga 12 oylik nemis tili kurslari (B2 daraja), viza rasmiylashtirish, ishga joylashish, aviachipta, sug‘urta va boshqa imtiyozlar taqdim etiladi.
Talablar: 18–40 yosh, kamida 1 yillik ish tajribasi va diplom. Ma’lumot uchun: (55) 102-53-32 / (76) 222-45-22.
Ro‘yxatdan o‘tish havola orqali amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

11:45
Germaniyada 33 yoshli shaxs Suriyadagi jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

20:13 / 03.06.2025
Germaniyada Ikkinchi jahon urushiga tegishli uchta bomba sabab 20 ming kishi evakuatsiya qilinadi

23:06 / 01.06.2025
Germaniyada maktab o‘quvchilariga «erta pensiya» tayinlash taklifi ilgari surildi

15:50 / 29.05.2025