Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev: Yevropa Ittifoqi - Rossiya uchun «to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid»
Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi ham mamlakat uchun xavf tug‘diradi - Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

Foto: Anadolu Agency
Hozirgi Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasi uchun Shimoliy Atlantika alyansidan kam xavf tug‘dirmaydi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
«Bugungi kunda bir vaqtlar Yevropa ko‘mir va po‘lat hamjamiyati negizida yaratilgan sobiq Yevropa Ittifoqi mohiyatan mavjud emas. Bu siyosatlashgan globalist, ma’lum vaqtdan beri esa — qattiq rusofob tashkilot. Rossiyadan qasos olishni orzu qilgan tashkilot», — deb yozdi Medvedev Telegram-kanalida.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, yevropalik siyosatchilar «Yevropa kuchlari o‘rtasida urushlar va kelishmovchiliklarni istamaydigan iqtisodiy gigant sifatida Yevropa Ittifoqi g‘oyasini butunlay yo‘q qildi».
«Endi uning (Yevropa Ittifoqi) asosiy mafkurasi rusofobiya bo‘lib, ular mayda muammolarini hal qilish uchun xayoliy «Rossiya tahdidi»ni yaratdi. Asta-sekin, lekin ishonchli tarzda, Yevropa Ittifoqi o‘zini o‘zi ta’minlaydigan harbiy blokka aylanmoqda», - deb hisoblaydi Medvedev.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi alohida maqsadni ham ko‘zlamoqda – Kiyevni «Rossiya uchun daxlsiz bo‘lib qoladigan darajada» qurollantirish.
«Bugungi kunda Bryussel Rossiyaning haqiqiy dushmanidir. Bunday buzuq shaklda Yevropa Ittifoqi bizga Shimoliy Atlantika alyansidan kam xavf tug‘dirmaydi. Shuning uchun: «Hamma joyga qo‘shiling, ammo NATOga emas», degan xotirjam shiorni o‘zgartirish kerak», dedi Medvedev. U Yevropa Ittifoqi «Rossiya uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid» ekanligiga e’tibor qaratdi.
«Biz bunga shunday munosabatda bo‘lishimiz kerak. Har holda, uning bizga bo‘lgan yondashuvlari o‘zgarmaguncha», — deya ta’kidladi siyosatchi.
Medvedevning fikricha, Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga ehtimoliy kirishi ham mamlakat uchun xavf tug‘diradi.
«Bu xavfni ikki yo‘l bilan cheklash mumkin: a) yo Yevropa Ittifoqining o‘zi Kiyev kvazi-davlati prinsipial jihatdan unga kerak emasligini tushunishi kerak; b) yoki Yevropa Ittifoqiga hech kim qo‘shilmasligi lozim», deb ta’kidlaydi u.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston elchisi Turkiya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
O‘zbekiston | 19:21
-
Hindistonda Jaguar qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Jahon | 19:02
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
Mavzuga oid

11:21
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak

09:30
Fon der Lyayyen Tramp bilan bojlar bo‘yicha muzokaralarni muhokama qildi

07:27
Yevrokomissiya: HAMAS G‘azoda gumanitar yordamni tortib olayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q

15:21 / 08.07.2025