Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya Bolgariyaning Shengen zonasiga kirishiga rozilik beradi
Vengriya tashqi ishlar vazirining aytishicha, Budapesht Bolgariyaning Shengenga kirishiga qarshi e’tirozlarini qaytarib oladi, chunki bu davlat Rossiya gazining tranziti uchun to‘lovlarni bekor qilishga rozi bo‘lgan.

Peter Siyyarto Foto: Attila Kisbenedek/AFP/Getty Images
Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, Bolgariya Budapesht bosimi ostida Rossiya gazini tashish uchun tranzit solig‘ini bekor qildi. Shu sababli, Vengriya Bolgariyaning Shengen kelishuviga qo‘shilishi bo‘yicha qarama-qarshilikni tugatmoqda, deya xabar berdi u 19 dekabr, seshanba kuni Facebook’da.
Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, agar Bolgariya parlamentining Rossiya Federatsiyasidan Vengriyaga gaz tranziti uchun to‘lovni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori 22 dekabrda rasman e’lon qilinsa, Budapesht o‘zining Bryusseldagi vakiliga Vengriyaning Bolgariya Shengen zonasiga kirishiga roziligi haqida signal beradi. «Bolgariya har doim ishonchli tranzit hamkori bo‘lib kelgan va biz ushbu dushmanlik qonuni bekor qilingandan so‘ng Bolgariya bilan o‘zaro hamkorlikka qaytishimiz mumkinligiga chin dildan umid qilamiz», dedi Vengriya vaziri.
Avvalroq Bolgariya Rossiya gazining o‘z hududi orqali tranziti uchun joriy yil oktyabr oyida bir megavatt/soatga 10 yevro miqdorida joriy qilgan to‘lovlarni yig‘ishni keyinga surgani ma’lum bo‘lgan edi. Sofiyaga ko‘ra, Rossiyaning «Gazprom» energetika konserni tranzit uchun pul to‘lamagan.
Orban Bolgariyaning Shengenga kirishiga veto qo‘yish bilan tahdid qildi
Bolgariya Vengriya veto qo‘yishi mumkinligi sababli 2024 yil 1 yanvarda Shengen hududiga kirishini xavf ostiga qo‘ymoqchi emas. Tranzit to‘lovlari Bolgariya hududidan o‘tuvchi quvur orqali Vengriya va Serbiya uchun rus gazi narxi oshishiga olib kelishi mumkin. Sofiya o‘z maqsadiga yaqin va shuning uchun gaz tranziti to‘lovlari Shengenga qo‘shilishga to‘sqinlik qiladigan vaziyatni yaratmoqchi emas, dedi hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi «Bolgariyaning Yevropa taraqqiyoti uchun fuqarolar» partiyasi rahbari Boyko Borisov.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban agar Sofiya «Gazprom»dan tranzit to‘lovlarini undirishdan bosh tortmasa, veto qo‘yishi bilan tahdid qildi, deb eslatadi dpa. Borisovning so‘zlariga ko‘ra, u va ikkinchi hukmron kuch - «O‘zgarishlarni davom ettirish» liberal harakati rahbari Kiril Petkov bu masalada Yevropa Ittifoqining tegishli mexanizmi joriy etilishini kutishga kelishib oldi.
2022 yildan beri Avstriya va Niderlandiya Bolqon yo‘nalishi bo‘ylab noqonuniy migratsiya kuchayishi xavfi tufayli Bolgariyaning Shengen hududiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. OAV xabarlariga ko‘ra, Vena endi o‘z pozitsiyasini o‘zgartirishga tayyor. Noyabr oyi o‘rtalarida Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashini Bolgariya, Ruminiya va Xorvatiyani Shengen kelishuviga kiritishga chaqirdi, chunki bu davlatlar «vizasiz hududga qo‘shilish uchun barcha shartlarni muvaffaqiyatli bajargan».
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi
Jahon | 12:04
-
Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha respublika kengashi tuziladi
O‘zbekiston | 11:48
-
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
O‘zbekiston | 11:40
-
Putinning maslahatchisi: AQSh bilan muloqot davom etadi
Jahon | 11:27
Mavzuga oid

16:48 / 13.07.2025
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin

08:05 / 10.07.2025
YeI Bolgariyaning yevroga o‘tishini yakuniy tarzda ma’qulladi

09:38 / 08.07.2025
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi

16:17 / 07.07.2025