Jahon | 12:04 / 16.07.2025
1175
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan 3 nafarining muddati qisqartirildi

Diversiya ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan uch nafarining uzoq muddatli qamoq muddati bir necha oyga qisqartirildi. Qolgan o‘n nafar shaxsning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Foto: AP

Moskva viloyati harbiy apellyatsiya sudi qo‘poruvchilik ishi bo‘yicha sudlangan 13 kishidan uch nafarining — Artem Begoyan, Konstantin Zelsev va Amal Igamberdiyevning uzoq muddatli jazo muddatini bir necha oyga qisqartirdi, qolgan o‘n kishining hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi, deb xabar berdi «Mediazona» inson huquqlari resursi.

Begoyanning jazo muddati 20 yildan 19 yil-u 10 oyga, Zalsev va Igamberdiyevniki 16 yildan 15 yil-u 9 oyga qisqartirildi. Qarorda aytilishicha, sud «mahkumlarning tergovga yordamini inobatga olgan». Sud 2024 yil oktyabr oyida qo‘poruvchilikda ayblanganlarga hukm chiqargan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil dekabridan 2023 yil yanvarigacha guruh a’zolari Moskva, Moskva viloyati va Krasnoyarsk o‘lkasidagi temiryo‘l va energetika infratuzilmasi obektlarida 13 marta qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgan.

Bundan tashqari, ular Primoredagi harbiy qismlardan birida ko‘p maqsadli qiruvchilarga o‘t qo‘yishni rejalashtirgan.

Sud Yegor Kusonetsni 23 yilga, Vladislav Turgushevni 21 yilga, Artem Begoyanni 20 yilga va Ilya Demeshovni 19 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Aleksey Nifontov yordam bergani uchun 4 yilga qamalgan. Qolganlari esa 8,5 yildan 16 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

Mavzuga oid