Kolumbiya Jazoirni Haaga sudida Isroilga qarshi ish ochish rejasida qo‘llab-quvvatladi
6 noyabr kuni Jazoir prezidenti dunyoning barcha «erkin odamlari»ni va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarini Isroilga qarshi Haaga sudida ish ochishga chaqirdi.

Foto: AP
Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Jazoir prezidenti Abdelmajid Tebbunning Xalqaro jinoiy sud (XJS)da Isroilga qarshi ish qo‘zg‘atish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.
«Kolumbiya Respublikasi Jazoir Respublikasining Benyamin Netanyahuga Falastin xalqiga qarshi bolalar va tinch aholini qirg‘in qilganlik va urush jinoyatlarini sodir etganlik uchun Xalqaro jinoiy sudda ish qo‘zg‘atish chaqirig‘iga hissa qo‘shmoqchi», deya ma’lum qildi Petro X ijtimoiy mediaplatformasidagi akkauntida.
Prezident Petroning aytishicha, Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Alvaro Leyva ertaga XJS bosh prokurori Karim Xon bilan uchrashadi.
Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotga ko‘ra, Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlari munosabati bilan Kolumbiya prezidenti Petro nomidan maslahatlashish uchun mamlakatga chaqirilgan Kolumbiyaning Tel-Avivdagi elchisi Manxarres Errera mamlakat poytaxti Bogotaga yetib keldi.
Jazoir prezidenti Tebbun 6 noyabr kuni qilgan bayonotida dunyoning barcha «erkin odamlari» va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarini Isroilga qarshi XJSda ish qo‘zg‘atishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel”dan “CHILLA SALE” - faqat 1-2 iyul kunlari 50%gacha chegirma!
Jamiyat | 19:00
-
Qozog‘istonning sobiq adliya vaziri 9 yilga qamaldi
Jahon | 19:42
-
Sputnik agentligining Bokudagi ofisida Rossiya maxsus xizmatining ikki xodimi qo‘lga olindi
Jahon | 19:07
-
Farg‘onadagi portlash ishi: AGs rahbari 5 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 19:05
Mavzuga oid

07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

20:56 / 11.06.2025
Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi

16:02 / 08.06.2025
Kolumbiyada saylovoldi mitingida chiqish qilayotgan senatorga suiqasd uyushtirildi - video

23:02 / 12.05.2025