Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi portlash ishi: AGTS rahbari 5 yilga qamaldi
Farg‘ona shahridagi propan quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan 4 kishi aybdor deb topildi. Ularning 3 nafari turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi, yana birining ozodligi cheklandi. 4 nafar qurbonning qonuniy vakillariga 310 mln so‘mdan ma’naviy zarar undirish belgilandi. Ma’lum bo‘lishicha, “Farg‘ona Layli Naxor” xususiy korxonasida propan sotish huquqini beruvchi litsenziya bo‘lmagan.

Foto: Kun.uz
2024 yil 17 dekabr kuni Farg‘ona shahridagi “Farg‘ona Layli Naxor” xususiy korxonasiga qarashli propan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash bilan bog‘liq jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
2025 yil 24 iyun kuni chiqarilgan sud hukmida keltirilishicha, “Farg‘ona Layli Naxor” xususiy korxonasiga Mansur Matkarimov rahbarlik qilib kelgan. U 2024 yil avgust oyida belgilangan talablarga rioya qilmasdan, shoxobcha hududiga hech qanday hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan mashinalarga propan gazini to‘ldirish uskunalarini hamda 1 dona 5 tonnalik va 2 dona 2,5 tonnalik gaz saqlovchi konteynerlarni o‘rnatgan. Qurilish-montaj ishlarini o‘zaro kelishuv asosida Matkarimovning tanishi Bahodir Tojimatov olib borgan.
Mansur Matkarimov 2024 yil dekabr oyida propan gazini sotish huquqini beruvchi litsenziyasi mavjud bo‘lmasa ham, “GTL Gaz” MChJdan og‘zaki kelishuv asosida gaz mahsulotlarini olib, mashinalarga sotib kelgan. U 2024 yil 16 dekabr kuni “GTL Gaz” MChJdan qiymati 158 mln so‘m bo‘lgan 19,8 tonna propan gazini olgan. Mahsulot 2024 yil 17 dekabr kuni soat 12:45 da shoxobcha hududiga Firdavs Norchayev boshqaruvidagi yuk mashinasida olib kelingan. Propanni quyish jarayonida 5 tonna hajmli konteyner yorilgan hamda gaz tashqariga sizib chiqib, portlash sodir bo‘lgan.
Buning oqibatida shoxobcha hududi yaqiniga Cobalt mashinasida kelgan Sevara Yusupova va uning mashinasida bo‘lgan 4 va 2 yoshli farzanlari, shuningdek, 2006 yilda tug‘ilgan jiyani vafot etgan. Bundan tashqari, portlash vaqtida shu hududda bo‘lgan 9 kishi turli darajada kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
JIB Farg‘ona tuman sudining hukmi bilan, Mansur Matkarimov Jinoyat kodeksining 190-moddasi (litsenziyadan olmasdan faoliyat yuritish) 5-qismi, 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “b” bandi, 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi “a,b” bandlari va 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a,b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilishda aybli deb topildi.
Unga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Soxta hujjatlar tayyorlab berishda ayblangan ikki sudlanuvchi: O‘tkir Madaminov 4 yil-u 3 oy muddatga, Davron Xolmatov esa 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Qurilish ishlarini bajargan Bahodir Tojimatovga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ularning barchasi turli muddatlarga davlat organi hamda davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik bilan bog‘liq lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.
Sud hukmi bilan Mansur Matkarimovdan 4 nafar qurbonning qonuniy vakillariga 310 mln so‘mdan jami 1 mlrd 240 mln so‘m ma’naviy zarar, 12 nafar fuqaroviy da’vogarlarga esa jami 2 mlrd 358 mln so‘m moddiy zarar undirish belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, portlashdan keyin Kun.uz bilan suhbatlashgan mahalliy aholi vakillari mazkur AYoQSh va AGQSh qurilishiga odamlar norozilik bildirishgani, lekin mas’ullar quloq solmaganini ta’kidlagandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Respublika olimpiya sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati rivojlantiriladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Daniya bosh vaziri: YeI 5 yil ichida qayta qurollanishi kerak
Jahon | 11:21
-
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:16
-
Mirzabek Xolmedov Satira teatriga direktor etib tayinlandi
O‘zbekiston | 11:10
Mavzuga oid

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

18:29 / 04.07.2025
Rimda zapravkada kuchli portlash sodir bo‘ldi. Kamida 20 kishi jarohat oldi

12:20 / 03.07.2025
Jitomir yaqinidagi portlashlar: ikki korxona yakson etilgan

21:28 / 02.07.2025