Jahon | 07:51 / 28.06.2025
1090
1 daqiqa o‘qiladi

Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Kuchli yomg‘irdan keyin bedarak yo‘qolganlarni qidirish davom etmoqda.

Kolumbiyaning Medelin shahri ma’muriyati 24 iyun kuni kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan ko‘chki qurbonlari soni 16 kishiga yetganini ma’lum qildi. Kamida sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Meriya ma’lum qilishicha, yangi jasadlar kuchli yomg‘irlar ko‘chkiga sabab bo‘lgan Bello va Altos-de-Oriyente tumanlarida topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 50 ga yaqin uy zarar ko‘rgan. Qutqaruv ishlari uzluksiz davom etmoqda.

Shuningdek, suv toshqinidan jabr ko‘rgan 971 kishi shahar boshpanalariga joylashtirilib, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilayotgani ma’lum qilindi.

Kolumbiyada mart oyidan beri davom etayotgan kuchli yomg‘irlar mamlakatning turli mintaqalarida qurbonlar va jiddiy vayronagarchiliklarga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid