Madinadan ortga qaytarilgan samolyot: unga nima bo‘lgani hamon ma’lum qilinmadi
Bugun Toshkent – Madina yo‘nalishida uchgan «Panorama Airways» aviakompaniyasiga tegishli Airbus A-330-300 samolyoti Toshkentga qaytib qo‘nishga majbur bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Ma’lum qilinishicha, uzilgan reys ertaga ertalab amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 5R361 reysi bilan Madinaga uchayotgan «Panorama Airways» aviakompaniyasi samolyoti bortidagi 377 nafar yo‘lovchilar asosan Saudiya Arabistoniga umra ziyoratiga ketayotgan qariyalardan iborat.
Samolyot texnik sabablarga ko‘ra uchish aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan. Buning uchun uchoq ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida Toshkent atrofida aylanib uchib, yonilg‘isini sarflab tugatgan.
Avvalroq «Uzbekistan Airports» AJ matbuot xizmati Ahmadjon Orifjonov Kun.uz so‘roviga ko‘ra samolyot aynan qanday texnik sabablarga ko‘ra ortga qaytarilgani ma’lum emasligi, kun yakuniga qadar aniq ma’lumotlar e’lon qilinishi aytgan bo‘lsa-da, bu haqda aniq ma’lumot taqdim etilmadi.
Voqea guvohlarining hikoya qilishicha, «Panorama Airways» aviakompaniyasiga xizmat ko‘rsatayotgan, bortida 377 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolari bo‘lgan samolyot bugun, 27 oktabr kuni soat 10:40 larda Madina shahri tomon parvoz qilib, 13:36 larda Toshkentga qaytib qo‘ngan.

Samolyot qo‘nganidan so‘ng yo‘lovchilarga cuv tarqatilgan. Yo‘lovchilardan biri uchun chaqirilgan «tez yordam» bir soatda yetib kelgan.
«Uzbekistan Airports» AJning ma’lum qilishicha, «Panorama Airways» aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha UZP-361 reysi 28 oktyabrga ko‘chirilgan. Ko‘chirilgan reysning Toshkentdan parvoz vaqti ertalab soat 07:00 ga belgilangan.
«Qalampir.uz» nashri manbasiga ko‘ra, hozir Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib turgan yo‘lovchilar Umra ziyoratini tashkil qilgan o‘ndan ortiq turfirmalar tomonidan mehmonxonalarga joylashtirilgan. «Yo‘lovchilarning Madina shahriga yetib olguniga qadar yuzaga kelayotgan har qanday muammolari va talablari aeroport emas, balki sayyohlik agentliklarining zimmasiga yuklatiladi», deyiladi xabarda.

Qayd etib o‘tish kerak, parvozni amalga oshirgan 9H-SMG qayd etish raqamiga ega Airbus A-330-300 samolyoti Maltaning «SmartLynx Airlines Malta» aviakompaniyasi nomiga rasmiylashtirilgan. U 12 ta biznes va 365 ta ekonom klass o‘rindiqlariga ega. Uchoqning yoshi ham u qadar katta emas — 9,5 yil.

Bundan avval ushbu uchoqdan Malayziyaning «Air Asia», Saudiyaning «Saudi Arabian Airlines», Germaniyaning «Condor», Kanadaning «Air Transat» aviakompaniyalari ham foydalangan.
«Panorama Airways» aviakompaniyasi 2021 yilda tashkil etilgan. Kompaniya yoshi 21,5 yil bo‘lgan bitta Airbus A320-232 samolyotini (UK32050) ro‘yxatdan o‘tkazgan.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukrainada urushdan keyin saylovlar o‘tkazish bo‘yicha maxsus qonun loyihasi tayyorlanmoqda
Jahon | 16:21
-
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbasi: Lviv va Cherkassda vayrongarchiliklar, yana bir F-16 quladi
Jahon | 16:00
-
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi
O‘zbekiston | 15:39
-
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat | 15:04
Mavzuga oid

09:16 / 24.06.2025
Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi

08:48 / 12.06.2025
Toshkent – Istanbul – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar kechiktiriladi

22:01 / 23.04.2025
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan tushirib qoldirildi

08:30 / 10.02.2025