Davlat organlarida «yashil» iqtisodiyotni joriy etish uchun mas’ullar belgilanadi
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlariga bir oy muddatda “yashil” iqtisodiyot faoliyati sohasida uch yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.
Vazirlar Mahkamasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturida quyidagilar nazarda tutilgan:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarida “yashil” iqtisodiyot masalalari bilan shug‘ullanishga mas’ul bo‘linmalarni belgilash.
Mas’ul rahbarlar va bo‘linmalar quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
respublika ijro etuvchi hokimiyat organi yoki xo‘jalik birlashmasi faoliyatiga oid “yashil” iqtisodiyot masalalarini muvofiqlashtirish;
tabiiy resurslardan barqaror va samarali foydalanish tamoyillariga rioya etish;
iqtisodiyot sohasining tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqarorligini ta’minlash;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan choralarni ko‘rish;
“yashil” innovatsiyalarni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilish.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik birlashmalariga bir oy muddatda “yashil” iqtisodiyot faoliyati sohasida uch yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash topshirildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan Milliy iqlim va rivojlanish hisoboti (Country Climate and Development Report – CCDR) asosida tegishli vazirliklar va idoralarga ko‘rsatma va tavsiyalar yuborish topshirildi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
-
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi
Jahon | 08:44
-
Britaniya muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalangan holda Ukrainaga 350 ta raketa yuboradi
Jahon | 08:37
-
Vengriya bosh vaziri: Rossiya NATO uchun tahdid emas
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

19:23 / 24.06.2025
2024 yilda global boylik 305 trillion dollarga yetdi

18:06 / 13.06.2025
O‘zbekiston MDHning islomiy moliya markaziga aylanish potensialiga ega - ekspertlar bilan suhbat

10:23 / 12.06.2025
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki

14:42 / 06.05.2025