Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada supermarket tarmoqlaridan biri Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi
Supermarketda Falastin tovarlari sotila boshlaydi va ularni sotishdan tushgan daromad falastinliklarga yordam berish uchun ishlatiladi.

Foto: Anadolu Agency
Italiyadagi eng yirik supermarket kooperativlaridan biri Coop Alleanza 3.0 Isroilning G‘azoga hujumlari va Falastin aholisini gumanitar blokadaga olishiga norozilik sifatida Isroilning bir qator mahsulotlari sotuvdan olib tashlanganini e’lon qildi.
E’lon qilingan bayonotda tarmoq rahbariyati Coop Alleanza 3.0'ning Yaqin Sharqdagi voqealar bo‘yicha pozitsiyasi uzoq vaqtdan beri ma’lum ekanligini ta’kidladi: «Biz G‘azoda davom etayotgan zo‘ravonliklarga befarq qola olmaymiz. Kooperativ har doim harbiy amaliyotlarni zudlik bilan to‘xtatish chaqiriqlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlagan, Isroil hukumati gumanitar yordam yetkazilishiga to‘sqinlik qiladi».
So‘nggi haftalarda mintaqada keskinlik kuchayib borayotganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, Coop Alleanza 3.0 izchil qaror qabul qilib, yeryong‘oq, tahin va Sodastream mahsulotlarini o‘z ichiga olgan ba’zi Isroil mahsulotlarini peshtaxtalardan olib tashladi. Bunday qarorga, shuningdek, Etika komissiyasining avvalgi direktorlar kengashiga taqdim etgan hisoboti ham sabab bo‘lgan.
Isroil mahsulotlarini boykot qilishdan tashqari, kooperativ G‘azo aholisi bilan birdamlik kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. Xususan, Coop Alleanza 3.0 Coop For Refugees milliy tashabbusida ishtirok etadi va yaqinda o‘zining mahsulot qatoriga Gaza Cola'ni qo‘shdi — bu loyiha 100 foiz falastinlik ishlab chiqaruvchilarga tegishli. Ushbu ichimlikni sotishdan tushgan mablag‘ G‘azo sektoridagi shifoxonani qayta qurishga yo‘naltiriladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin
Jahon | 16:42
-
“Og‘ziga choyshab tiqdim” – Toshkentda 2 yoshli bolani qiynab, o‘limiga sabab bo‘lgan tarbiyachi qamaldi
O‘zbekiston | 16:40
-
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:38
-
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi
O‘zbekiston | 16:35
Mavzuga oid

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

21:27 / 09.07.2025
Nega ba’zi demokratiyalar agressiv?

13:05 / 09.07.2025
Fransiya razvedkasi: Eronning yadroviy dasturi «uzoq vaqtga» kechiktirildi

12:20 / 09.07.2025