Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon iqtisodiyotini 2008 yildan beri eng sekin o‘sish kutmoqda - Jahon banki
Jahon bankining «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisoboti so‘nggi nashriga ko‘ra, savdodagi keskinlik kuchayishi va iqtisodiy siyosatning noaniqligi joriy yilda jahon iqtisodiyot o‘sish sur’atlarining, to‘liq global retsessiya davrlarini hisobga olmaganda, 2008 yildan beri eng past darajagacha sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu salbiy omillar tufayli barcha iqtisodiyotlarning qariyb 70 foizi — barcha mintaqalar va daromadlar bo‘yicha mamlakatlar guruhlarida iqtisodiy o‘sish prognozlari pasayish tomonga qayta ko‘rib chiqildi.
Prognozlarga ko‘ra, 2025 yilda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari 2,3 foizgacha pasayadi, bu yil boshida prognoz qilingan darajadan deyarli yarim foiz punktga past. Shu bilan birga, global retsessiya bo‘lishi kutilmayapti.
Biroq, agar kelgusi ikki yil uchun prognozlar amalga oshsa, 2020-yillarning dastlabki yetti yilida jahon iqtisodiyotining o‘rtacha o‘sish sur’atlari 1960-yillardan keyingi barcha o‘n yilliklar ichida minimal bo‘ladi.
2025 yilda rivojlanayotgan iqtisodiyotlarning qariyb 60 foizida iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi kutilmoqda. O‘rtacha yillik o‘sish 3,8 foizni tashkil etadi, 2026 va 2027 yillarda esa biroz oshadi —3,9 foizgacha.
Xitoydan tashqari, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar yalpi ichki mahsulotning umumiy o‘sishini 4 foiz darajasida saqlab qolishi mumkinligi taxmin qilinsa (2027 yilga mo‘ljallangan sur’atlar), ularga pandemiyadan oldingi iqtisodiy o‘sish trayektoriyasiga qaytish uchun taxminan 20 yil kerak bo‘ladi.
Agar eng yirik iqtisodiyotlar savdo keskinligini pasaytira olsa, jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari kutilganidan tezroq tiklanishi mumkin, bu esa iqtisodiy siyosatning umumiy noaniqligi va moliyaviy tebranishlarning kamayishiga olib keladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, agar joriy savdo nizolari tariflarni may oyi oxiridagi darajadan ikki barobar pasaytirish to‘g‘risidagi kelishuvlar bilan hal etilganda edi, 2025 va 2026 yillarda jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari o‘rtacha 0,2 foiz punktga yuqoriroq bo‘lar edi.
Hisobotda qayd etilishicha, rivojlanayotgan iqtisodiyotlar savdo to‘siqlari oshib borayotgan sharoitda boshqa mamlakatlar bilan strategik savdo-investitsiyaviy sherikliklarni yo‘lga qo‘yish va savdoni diversifikatsiya qilish, shu jumladan mintaqaviy bitimlar tuzish orqali yanada kengroq liberallashtirishga intilishi lozim.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:46
-
Yil boshidan beri qancha fuqaroga ijtimoiy to‘lov tayinlangani aytildi
Iqtisodiyot | 12:43
-
«Meduza» asoschisi Timchenko Rossiyada sirtdan hibsga olindi
Jahon | 12:21
-
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi
Iqtisodiyot | 12:15
Mavzuga oid

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

15:47 / 07.07.2025
Yarim yillik yakunlari: O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,7-6,8 foiz o‘sishi kutilmoqda

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

09:34 / 28.06.2025