O‘zbekiston | 11:39 / 13.06.2023
4776
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya O‘zbekiston chorvachiligiga 90 mln yevro investitsiya kiritadi

Italiya chorvadorlar uyushmasi, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda, Mirzaobod va Quyi Chirchiq tumanlarida jami 90 mln yevroga teng ikkita loyihani joriy qiladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Italiya chorvadorlari uyushmasi o‘z sohasida Yevropadagi eng yirik tashkilot bo‘lib, 40 000 a’zoga ega. Tashkilotning 14 ta shaxsiy veterinariya va genetik laboratoriyalari mavjud. Uyushma O‘zbekiston bilan bir qancha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik tajribasiga ega. 

Toshkent viloyatida yirik quyonchilik fermalaridan birini tashkil etish loyihasini amalga oshirgan. Fermer xo‘jaligi negizida har yili 2 million boshgacha quyon boqish, shuningdek, chorva ozuqasi, tabiiy o‘g‘it va go‘sht mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid