Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bu O‘zbekiston turizmi uchun katta reklama bo‘ladi” - Shoazim Minovarov Luvrdagi ko‘rgazma haqida
O‘zbekistonga oid 320dan ortiq eng yaxshi eksponatlar uch oy davomida Parijdagi Luvr muzeyida namoyish etiladi. Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarov bu ko‘rgazma turizmni rivojlantirishda katta reklama vazifasini o‘tashini ta’kidladi.
Shu yil 24 noyabrdan 2023 yil 6 martgacha Parijdagi Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid eng sara topilmalar, nodir eksponatlar namoyish etiladi.
Ko‘rgazmaning ahamiyati va unga tayyorgarlik jarayonlari haqida O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Shoazim Minovarov so‘zlab berdi.
“2018 yilda davlatimiz rahbari Fransiyaga tashrif buyurdi. Bu – Yevropa davlatlariga birinchi rasmiy davlat tashrifi edi. Buning ramziy tomonlari ham bor: Fransiya O‘zbekiston kabi o‘z siyosati, boshqa davlatlar bilan aloqalarda madaniy hamkorlikka juda katta ahamiyat beradi. Fransiyaga tashrif doirasida davlatimiz rahbari Luvrga borishga vaqt topdilar. Bu jahondagi eng katta muzeylaridan biri ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz. Luvr – butun jahon durdonalarini o‘zida saqlovchi xazina.
Insonni tom ma’noda inson qilib tarbiyalashda madaniyat, ma’naviyatning o‘rni katta. Prezidentimizning Fransiyaga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Luvr muzeyi bilan ko‘rgazma tashkil qilish to‘g‘risida shartnoma imzolangan edi. Oradan vaqt juda tez o‘tdi va “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi boshlanishiga oz fursat qoldi. Nomidan ko‘rinib turibdiki, u o‘zida butun tariximiz, eng Qadimgi Varaxsha, Afrosiyob devoriy suratlaridan tortib, hozirga qadar madaniyat va san’at sohasiga tegishli osori atiqalarni mujassam etadi.
Bularning orasida alohida ta’kidlashga loyiq bo‘lgan diniy, ma’naviy ahamiyatga ega eksponat – Katta Langar Qur’oni. Uning tarixi deyarli afsonaviy, chunki hali atroflicha o‘rganish kerak bo‘lgan jihatlari yetarli. U VIII-X asrga oid, deb taxmin qilinyapti. Hatto, Usmon Mushafidan oldinroq yozilgan bo‘lishi mumkin, degan farazlar ham bor. Biz ko‘rgazmaga olib boradigan ushbu Qur’on sahifalariga dunyo miqyosida qiziqish juda katta.
Umumiy hisobda 320dan ortiq eng yaxshi eksponatlarimizni olib boryapmiz. Bu ko‘rgazma juda samarali bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki madaniyat sohasidagi hamkorlik mamlakatni, xalqni dunyoga juda tez tanitadi. Fransiyaga bir yilda 60 mln turist tashrif buyuradi. Luvrning o‘ziga 10 mlndan ko‘proq odam keladi. Ko‘rgazma davomida u yerda o‘zimizni ko‘rsatishimiz bizni yanada ko‘proq e’tirof etishlariga, O‘zbekistonga, uning madaniyati va tarixiga nisbatan qiziqish ortishiga sabab bo‘ladi. Bu turizmni rivojlantirishda katta reklama vazifasini o‘taydi. Odamlar ko‘rgazmalar, o‘zaro muloqot orqali bir-birini qanchalik yaxshi tanisa, o‘rtadagi ishonch ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Ishonch esa hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari uchun eshiklarni ochadi”, – dedi Shoazim Minovarov.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ohangaronda yuk mashinasi YTH joyida ishlayotgan inspektorlar mashinasini urib yubordi
Jamiyat | 13:20
-
Prezident maktablari 1-bosqich imtihon natijalari chiqdi
Ta’lim | 13:14
-
103 xizmati barcha hududiy filiallarida Call-back tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
O‘zbekiston | 13:12
-
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlariga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi
Ta’lim | 13:07
Mavzuga oid

12:27 / 21.07.2025
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin

09:08 / 21.07.2025
O‘zbekistonga iyunda xorijdan 1,1 mlnga yaqin sayyoh keldi

15:12 / 14.07.2025
Singapurliklar uchun O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri charter reyslar tashkil etiladi

14:44 / 14.07.2025