Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasining Manama shahriga tashrifi doirasida "O‘zbekiston – Bahrayn" xalqaro turizm forumi o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Mamlakat elchixonasi (qarorgohi Ar-Riyoz shahrida joylashgan) ko‘magida tashkil etilgan mazkur tadbir O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini arab mamlakatlarida targ‘ib qilish va turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun samarali maydon vazifasini o‘tadi.
Forumda ikki mamlakatning vazirlik va idoralari, sayyohlik kompaniyalari, aviatashuvchilar, savdo-sanoat palatalari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Forum doirasida "O‘zbekiston - Ipak yo‘li durdonasi" taqdimoti o‘tkazildi. Unda tarixiy-madaniy meros, sayyohlik yo‘nalishlari, shuningdek, ziyorat, tibbiyot, gastronomiya va ekologik turizm sohalaridagi yangi imkoniyatlar keng ko‘lamda namoyish etildi.
O‘zbekistondagi YuNeSKO Umumjahon merosi obektlari va infratuzilmani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Bahrayn turizm vaziri Fatima Al-Sayrafiy bilan alohida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar sayyohlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Sayyohlar almashinuvini oshirish, viza tartiblarini soddalashtirish, Manama va Toshkent o‘rtasida havo qatnovini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ikki mamlakatning sayyohlik brendlarini targ‘ib qilishga qaratilgan qo‘shma tadbirlarni uyushtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bahrayn tomoni O‘zbekistondagi mashhur islom allomalari va arboblari bilan bog‘liq muqaddas qadamjolar hamda tarixiy obidalarga yuqori darajada qiziqish bildirdi. Shu munosabat bilan, ziyorat turizmini rivojlantirishga va "Tabarruk ziyorat" platformasini Bahrayn sayyohlari va turoperatorlari orasida targ‘ib etish masalalariga alohida urg‘u berildi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:20
-
Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi
Jamiyat | 10:14
-
Nyu-Yorkda otishma, besh kishi halok bo‘ldi
Jahon | 10:08
Mavzuga oid

09:25 / 28.07.2025
Parkentda Koreya andozalari asosida "Chashma" etno qishlog‘i tashkil etildi

09:05 / 25.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari turizm maqsadida eng ko‘p Qirg‘izistonga borgan

18:54 / 23.07.2025
BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun haydovchilik qoidalarini soddalashtirdi

11:33 / 21.07.2025