Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlariga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi
Muhokamalar portalida «O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 sentabrdan boshlab:
➖kasbiy ta’lim tashkiloti o‘qituvchisining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti o‘qituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga;
➖akademik litsey o‘qituvchi va o‘quv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq to‘lashda ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga;
➖o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining fan nomzodi yoki falsafa doktori, fan doktori ilmiy darajalariga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari mehnatga haq to‘lash shartlariga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotining katta o‘qituvchisiga;
➖o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkiloti psixologining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti psixologi bazaviy tarif stavkalariga;
➖o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkiloti direktori, ijrochi direktori, direktor o‘rinbosarlari bazaviy tarif stavkasi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori va direktorining o‘rinbosarlari bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirish taklif etilmoqda.
2026 yil 1 yanvardan boshlab o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan direktor, ijrochi direktor va direktor o‘rinbosarlariga faoliyat samaradorlik ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foizgacha miqdorida har oylik ustamalar belgilash rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
Mavzuga oid

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

07:41 / 21.07.2025
O‘zbekiston va Polsha kadrlar tayyorlashni kengaytiradi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

15:00 / 12.07.2025