Fan-texnika | 15:06 / 30.06.2025
1771
3 daqiqa o‘qiladi

Apple boshga taqiladigan yettita qurilmani tayyorlamoqda

Birinchi qurilma M5 protsessoriga ega yangilangan Vision Pro bo‘ladi.

Foto: David Paul Morris/Bloomberg

Taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuo Apple kompaniyasining taqiladigan elektronika segmentidagi rejalari haqida yangi tafsilotlar bilan o‘rtoqlashdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya boshga taqiladigan qurilmalarni muhim yo‘nalish sifatida ko‘radi va hozir kamida yettita shunday mahsulotni ishlab chiqmoqda. Ulardan beshtasi allaqachon aniq taqdimot sanasiga ega, ammo ikkitasi hali tasdiqlanmagan.

Kuo hisobotiga ko‘ra, Apple ham Vision liniyasini, ham aqlli ko‘zoynaklarni ishlab chiqishga pul tikmoqda. Tahlilchi asosiy afzalliklar orasida kompaniyaning apparat va ekotizimdagi kuchli pozitsiyasini ta’kidlaydi. Asosiy muammo dasturiy ta’minot va sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlaydigan operatsion tizim bo‘lib qolmoqda.

Bozorga birinchi bo‘lib Vision seriyasidagi qurilmalar chiqadi. Shunday qilib, yangi M5 chipli yangilangan Vision Pro joriy yil uchinchi choragiga mo‘ljallangan. U avvalgi dizayn va funksiyalarni saqlab qoladi, lekin kuchliroq protsessorga ega bo‘ladi.

Navbatdagi yangi mahsulot 2027 yilda chiqarilishi rejalashtirilgan yengilroq va arzonroq Vision Air modeli bo‘ladi. U shishani plastmassaga almashtirish va magniy qotishmasidan foydalanish hisobiga Vision Pro modelidan 40 foiz yengilroq bo‘ladi. 2028 yilda unga ikkinchi avlod Vision Pro qo‘shiladi – butunlay yangilangan, yangi dizayndagi, undan ham kamroq vaznli va Mas sinfidagi protsessorli.

Aqlli ko‘zoynaklarga kelsak, Kuo displeysiz model 2027 yilda eng ommabop mahsulot bo‘lishini kutmoqda – buyurtmalar soni uch-besh million donadan oshishi mumkin. Apple, shuningdek, 2028 yilda chiqarilishi rejalashtirilgan rangli ekranli va ovozli boshqaruvga ega XR ko‘zoynaklar ustida ishlamoqda.

Bundan tashqari, kompaniya Apple qurilmalariga ulanish uchun aksessuar displeyni ishlab chiqmoqda, ammo bu loyiha 2024 yil oxirida to‘xtatilgan va hozir qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, rejadagi taqiladigan qurilmalarining to‘liq ro‘yxati quyidagicha ko‘rinadi:

- Vision Pro (2025) — xuddi Vision Pro kabi, lekin yangi M5 protsessoriga ega;

- Vision Air (2027) — yengilroq va arzonroq versiya;

- Ikkinchi avlod Vision Pro (2028) — yangi dizayn va Mas darajasidagi protsessor;

- Apple Glasses (2027) — displeysiz, Ray-Ban kabi aqlli ko‘zoynaklar;

- XR ko‘zoynaklari (2028);

- XR ko‘zoynaklarining yana bir modeli (sana ko‘rsatilmagan);

- Kompaniya qurilmalari bilan ishlash uchun AR ko‘zoynaklari (ishlab chiqish to‘xtatilgan, ammo davom etishi mumkin).

Kuoning ta’kidlashicha, Apple bozorga displeyli aqlli ko‘zoynaklarni olib chiqishidan oldin, boshqa brendlar ham o‘z qurilmalarini taqdim etishga ulguradi, keyingi bir necha yil ichida bunday qurilmalarning bozori chaqqon bo‘ladi.

Mavzuga oid