Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi
Yevropa komissiyasi 2026 yildan boshlab Yevropa STG terminallarini Rossiya gaz eksportchilariga xizmat ko‘rsatishni taqiqlashga tayyorlanmoqda.

Foto: Stefan Sauer/picture alliance/dpa
Yevropa Komissiyasi (YeK) suyultirilgan tabiiy gaz (STG)ni qabul qilish uchun Yevropa terminallarini Rossiyadan mijozlarga xizmat ko‘rsatishni taqiqlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda 13 iyun, juma kuni kechqurun Yevrokomissiyaning ichki hujjatiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
Cheklov 2026 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi mumkin. Rossiyalik mijozlar bilan uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha xizmatlarni to‘xtatish muddati 2027 yilning 31 dekabriga qadar belgilandi, deyiladi 17 iyun kuni rasman e’lon qilinishi kerak bo‘lgan hujjatda.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Yevropa kompaniyalaridan 2027 yil oxirigacha bunday importni to‘liq taqiqlash choralariga tayyorgarlik doirasida Rossiya gazining xaridlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishni talab qiladi, deya qayd etadi Reuters. Hujjatning dastlabki tahririga ko‘ra, kompaniyalar bojxona organlariga «import qilingan gazning kelib chiqishi to‘g‘risidagi hujjatlarni» taqdim etishi kerak bo‘ladi. Yevropa Ittifoqi kompaniyalari uchun joriy yil oxirigacha Rossiya eksportchilari bilan yangi bitimlar taqiqlanishi mumkin.
Yevrokomissiya vakili tayyorlanayotgan hujjat tafsilotlariga izoh berishdan bosh tortdi, uning mazmuni hali o‘zgarishi mumkin, deya qayd etadi Reuters.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
Mavzuga oid

16:04
Rossiyada Roza Lyuksemburg jamg‘armasi «nomaqbul» deb e’lon qilindi

15:45
Aliyevning gaplari: Boku – Moskva nizosi yangi bosqichdami?

15:25
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

13:26