Murodjon Ahmadaliyev himoya jangida nokaut bilan g‘alaba qozondi (video)
Murodjon Ahmadaliyev 3-bor chempionlik kamarlarini himoya qildi.

Foto: Ed Mulholland/Matchroom
Toshkent vaqti bilan 26 iyun tongida o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi 11-jangini o‘tkazdi.
Ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblangan Ahmadaliyev (11-0, 8 KO) Amerikaning Texas shtatida Matchroom tomonidan tashkil etilgan turnirda amerikalik Ronni Riosga (33-4-0, 16 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang o‘zbekistonlik bokschining ustunligi ostida o‘tdi. 12-raund davomida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasining avvaliga raqibning tana qismiga, keyinchalik bosh qismiga bergan kuchli zarbalaridan so‘ng raqib polga quladi, ammo jangni davom ettirdi. Murodjon esa hujumni to‘xtatmasdan oldinga bordi va uning navbatdagi ketma-ket zarbalaridan so‘ng referi jangni to‘xtatib, texnik nokaut qayd etdi.
Murodjon chempionlik kamarlarini 3-bor himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi, bu himoya janglarining ikkitasida raqib muddatidan oldin mag‘lub etild.
Eslatib o‘tamiz, Ahmadaliyev oxirgi jangini 2021 yilning 19 noyabr kuni Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobida ustun kelgandi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
BMT: Dronlar Ukrainadagi urushda tinch aholini tobora ko‘proq nishonga olmoqda
Jahon | 14:49
-
G‘aznani o‘mardingmi, 10 barobar qilib qaytarasan – Sadir Japarov
Jahon | 14:45
-
Dala yong‘ini oqibatida yo‘q bo‘lgan maydonlar hajmi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 14:43
-
Z-kanallar Bundesver yuk mashinalari yonayotgani aks etgan videoni e’lon qildi
Jahon | 14:23
Mavzuga oid

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025
Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik bokschidan ustun keldi

09:55 / 31.05.2025
Murodjon Ahmadaliyev meksikalik bokschini mag‘lubiyatga uchratdi

08:15 / 18.05.2025