Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Dronlar Ukrainadagi urushda tinch aholini tobora ko‘proq nishonga olmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi tinch aholiga qisqa masofali uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda qasddan hujum qilishni bas qilishga chaqirmoqda.

Foto: Alexander Reka/ITAR-TASS/IMAGO
Ukrainada jangovar harakatlarga aloqadorlik belgilari bo‘lmagan tinch aholi vakillari FPV-dronlar deb ataladigan uchuvchisiz uchoqlar tomonidan nishonga olinmoqda. Bu haqda 27 iyun, juma kuni chop etilgan BMTning Ukrainadagi Inson huquqlari monitoringi missiyasi hisobotida aytiladi. Unda 2022 yil 22 fevraldan 2025 yil 30 aprelgacha bo‘lgan vaziyat tahlil qilindi.
Bunday dronlar ish prinsipi asos qilib olingan First Person View texnologiyasi nazoratni yanada aniqroq qilish imkonini beradi. Biroq, ushbu UUA Ukrainada tinch aholining o‘limi va shikastlanishining asosiy sababiga aylangani va «bir necha oy ichida (qurbonlar soni bo‘yicha) raketalar, artilleriya va havo bombalari kabi kuchliroq qurollardan ham o‘zib ketgani haqida hujjatlashtirilgan dalillar mavjud», deb ta’kidlaydi missiya ekspertlari.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, UUA, jumladan, yuqori aniqlikdagi FPV-dronlari yordamida qilingan hujumlar qurbonlari velosipedda, shaxsiy avtomobillarda, oddiy shahar avtobuslarida, tez yordam mashinalarida, shuningdek, gumanitar yordam yetkazayotgan yoki evakuatsiyani amalga oshirayotgan fuqarolar bo‘lgani haqida hujjatlashtirilgan dalillar mavjud. Odamlar piyoda yurgan paytida yoki o‘z uylari yaqinida ko‘chada bo‘lganida hujumga uchragan.
«Aksariyat ko‘pchilik (dronlardan) Rossiyaning Ukraina hukumati nazoratidagi hududga qilgan hujumlari natijasida jabr ko‘rdi», — deyiladi hisobotda.
Missiya bahosiga ko‘ra, dron operatorlari bunday nishonlarni tanlaganida ular xalqaro gumanitar huquqning asosiy tamoyillarini, xususan, farqlash va ehtiyot bo‘lish tamoyilini buzadi.
Mutaxassislar fikricha, ba’zi hodisalar tinch aholiga ataylab qilingan hujumlar bo‘lishi mumkin, bu urush jinoyati hisoblanadi. Hujumlar o‘lim va jarohatlardan tashqari, Ukrainadagi og‘ir bo‘lgan gumanitar vaziyatni yanada kuchaytirmoqda, chunki tinch aholi asosiy xizmatlar, gumanitar va tibbiy yordamdan foydalana olmadi, deyiladi hisobotda.
Missiya frontga yaqin hududlarda tinch aholini himoya qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni, qisqa masofali uchuvchisiz uchoqlardan foydalangan holda tinch aholiga qasddan hujum qilishni to‘xtatishni va xalqaro gumanitar huquqning barcha buzilishlarini tergov qilishni talab etyapti.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Iqtisodiyot | 17:58
-
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57
-
UzIMEI bo‘yicha raqamli texnologiyalar vaziriga senator so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 17:42
-
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston | 17:38
Mavzuga oid

16:54
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

11:31
Tramp AQSh Ukrainaga qurol yetkazishda davom etishini aytdi

09:14
Klichko Germaniya kanslerini Ukrainaga TAURUS raketalarini berishga chaqirdi

07:21