Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlarga ketma-ket tahdidlar: Jurnalistlar uyushmasi IIV va Milliy gvardiyadan xodimlariga chora ko‘rishni talab qildi
Olimjon O‘sarovning ma’lum qilishicha, bu ikki holat yuzasidan uyushma o‘zining mustaqil surishtiruvini boshlagan.
O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirchisi hamda Human.uz xodimi bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya mutasaddilaridan xodimlariga nisbatan chora ko‘rishni talab qildi.
«Biz qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda yashayapmiz. O‘zining xizmat vazifasini bajarayotgan ommaviy axborot vositasi xodimiga to‘sqinlik qilishga, unga nisbatan kuch ishlatishga, qo‘lidagi mikrofoni yoki kamerasini tortib olishga hech kimning, shu jumladan, ichki ishlar organlari xodimlarining ham qonunan haqqi yo‘qligini hammamiz yaxshi bilamiz.
Davlatimiz rahbari “Qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi” deb alohida ta’kidlaganini, afsuski, ayrim osoyishtalik posbonlari unutib qo‘yganga o‘xshaydi. Aksincha bo‘lganida, futbol chempionatini yoritish uchun «Paxtakor» stadioniga borgan jurnalist va tasvirchi ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklanmagan bo‘lardi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 11 iyun kuni Toshkent shahridagi «Paxtakor» stadionida futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi chorak finali doirasida O‘zbekiston – Iroq o‘yinini yoritishga borgan «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirchisiga nisbatan ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan kuch ishlatilgan. Mikrofoni va kamerasini tortib olingani kamlik qilganidek, xodimlar tomonidan kaltaklangan. Xuddi jinoyatchi kabi jurnalistlarning qo‘llarini qayirib, Shayxontohur tuman IIB binosiga olib borishgan...
Jabrlangan muxbirning aytishicha, ichki ishlar xodimlari undan kechirim so‘rab, ortiqcha gap qilmasligi va biron joyda gapirib yurmasligini tayinlagan.
Xo‘sh, shu bilan “yopig‘lik qozon yopig‘ligicha” qolaveradimi? Amaldagi qonun normalarini chetlab o‘tgan, OAV xodimlariga zo‘ravonlik qilgan “osoyishtalik posbonlari” yana hech narsa bo‘lmaganidek, o‘z ishini davom ettiraveradimi? Yo‘q, endi bunga aslo toqat qilib bo‘lmaydi, ular qilmishiga yarasha jazolashishi va bu boshqalar uchun ibrat bo‘lishi zarur.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi OAV xodimlarining huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilishda qat’iy davom etadi. Jurnalist faoliyatiga to‘sqinlik qilish, noqonuniy yo‘llar bilan daxl qilish, shaxsini obro‘sizlantirishga bo‘lgan har qanday urinishlarni keskin qoralaydi.
Alohida qayd etamizki, mazkur holat O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, AOKA, O‘zMMA tomonidan nazoratga olingan, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Bosh prokuraturaga so‘rov yuborilgan va shu bilan birga, holat yuzasidan mustaqil o‘rganish ham olib borilmoqda.
Eng achinarlisi, ushbu ko‘ngilsiz holat ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokama qilinayotgan va e’tirozlarga sabab bo‘layotgan bir paytda, ya’ni bugun Andijon shahar Yangi bozor savdo majmuasida Andijon IIB xodimi tomonidan shakar savdosini suratga olayotgan Human.uz xodimining xizmat telefoni qonunga zid holatda tortib olingan va jurnalist IIBga olib ketilgan.
Aslida, jurnalistga tazyiq, bosim o‘tkazilgan holatlar bo‘yicha Uyushmamiz aybdorlarga qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, ichki ishlar organlariga (najot kutib) murojaat qilib kelganmiz. Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan yili Qalampir.uz jurnalistiga qilingan tuhmat, joriy yilda Rost24.uz bosh muharririga bosim o‘tkazilgani holati bo‘yicha ham Ichki ishlar vazirligiga so‘rov yuborgandik. Afsuski, hanuzgacha IIVdan bu borada tegishli javob olinmadi. Bu vaqt ichida qancha protsessual muddatlar o‘tib ketganini huquq himoyachilariga eslatib o‘tish ortiqcha bo‘lsa kerak.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi «Sevimli» telekanali muxbiri va tasvirchisi, Human.uz xodimi bilan bog‘liq achinarli holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya mutasaddilaridan xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga munosib baho berilishini, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini va bu haqida rasman ma’lum qilinishini so‘raydi», – deyiladi uyushma raisi munosabatida.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
-
Indoneziyada prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlanishi ortidan mojaro kelib chiqdi
Jahon | 21:28
-
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi
Jahon | 20:55
Mavzuga oid

12:03 / 21.07.2025
Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi

17:50 / 17.07.2025
Noshirlik faoliyatiga oid qonun o‘zgaryapti, kitoblarga senzura joriy etiladimi? – mutaxassislar bilan suhbat

11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi

16:22 / 10.07.2025